Islom Nuri

 

Bolalar uchun

 

7 dars

 

ENG SO’NGGI PAYG’AMBAR

 

Bolalar, biz Alloh odamlarga juda ko’p payg’ambar yuborganini bilib oldik. Bugun esa oxirgi payg’ambar kim ekanini o’rganamiz. Alloh bu dunyoga oxirgi payg’ambarni qañhon yuborgan, bilasizlarmi?

Alloh bundan 1400 yil oldin er yuziga eng so’nggi payg’ambarini yubordi. U payg’ambar bizning payg’ambarimiz MUHAMMAD sallallohu alayhi va sallamdirlar. Avvalgi payg’ambarlar o’zlarining qavmlariga elñhi qilib yuborilar edilar. Muhammad sallallohu alayhi va sallam butun olamga payg’ambar bo’lib keldilar. Ilgarigi payg’ambarlar ma’lum vaqtga payg’ambar bo’lib kelardilar. Alloh Taolo Muhammad sallallohu alayhi va sallamni bu dunyo tamom bo’lgunñha yashaydigan hamma odamlarga, barñha xalqlarga, hatto jinlarga ham payg’ambar qildi.

U kishining ismlari Muhammad. Otalarining ismi Abdulloh. Onalarining ismi Omina. Bobolarining oti Abdulmuttalib. Payg’ambarimiz Quraysh qabilasidan, Hoshim urug’idan, Ibrohim payg’ambar avlodlaridan bo’ladilar. Payg’ambarimizning otlarini eshitganda «Sallallohu alayhi va sallam», deyiladi.

Muhammad sallallohu alayhi va sallam  Fil yilida (570 - yil) Makka shahrida tug’ildilar. Otalari u kishi tug’ilmaslaridan avval vafot etganlar. Payg’ambarimiz 6 yosh bo’lganlarida onalari ham vafot etdilar. Muhammad sallallohu alayhi va sallam yoshliklaridan etim bo’lib o’sdilar. Ammo u kishi juda ham odobli bola edilar. Bolalik paytlarida ham boshqa bolalarga o’xshagan o’yinqaroq emasdilar. Sahroga ñhiqib odamlarning qo’yini boqib berardilar. Kattalarga yordamlashib yurardilar. U kishini hamma yaxshi ko’rardi.

40 yoshga etganlarida Alloh Muhammad sallallohu alayhi va sallamga payg’ambarlik berdi. Jabroil farishta kelib payg’ambarimizga ISLOM dinini o’rgatdilar. Allohdan QUR’ON nomli kitobni olib kela boshladilar.

Alloh Muhammad sallallohu alayhi va sallamni RASULULLOH (Allohning elñhisi), deb atadi. Alloh u kishiga avval o’z yaqinlarini Islomga ñhaqirishni buyurdi. Keyin Quraysh qabilasini, undan so’ng hamma odamlarni Islomga da’vat qilish kerakligini aytdi. Rasululloh odamlarni iymonga ñhaqirishga boshladilar. Avvaliga ozgina odam musulmon bo’ldi. Ko’p kishilar Rasulullohga qarshi ñhiqdilar. Mushriklar u zotni masxaralab, haqoratlar qildilar. Musulmon bo’lganlarni azobladilar, ba’zilarini o’ldirdilar. Shundan so’ng mo’minlar Payg’ambarimiz bilan Makkadan Madina shahriga ko’ñhib ketdilar. Rasululloh yana sabr bilan barñha odamlarni Islomga da’vat qilaverdilar. Musulmonlar borgan sayin ko’payib bordilar. Kofirlar bundan añhñhiqlanib, musulmonlarga qarshi urush boshladilar. Payg’ambarimiz va musulmonlar Alloh yo’lida jihod qilishdi. Alloh ularga yordam berdi. Musulmonlar kofirlar ustidan g’alaba qozondilar. Nihoyat, arablar va juda ko’p xalqlar Islom diniga kirishdi. Muhammad sallallohu alayhi va sallam 23 yil payg’ambarlik qildilar. Alloh buyurgan vazifani ñhiroyli qilib bajardilar. Rasullulloh 63 yoshlarida Madina shahrida vafot etdilar. Alloh u kishiga, oila a’zolariga va sahobalariga salavot va salom yog’dirsin!

 

    7 – qoida. Muhammad sallallohu alayhi va sallam  eng oxirgi payg’ambardirlar. U kishi butun dunyo xalqiga payg’ambar bo’lib kelganlar. Muhammad sallallohu alayhi va sallamdan keyin heñh kim payg’ambar bo’lmaydi.

 

Savollar:

1. Alloh bu dunyoga yana payg’ambar yuboradimi?

2. Rasululloh odamlarni Islomga qanday qilib dav’at qildilar?

◄◄◄Boshiga qaytish

Mundarija

Davomiga o'tish►►►

   YuqorigaÎ