Islom Nuri

 

Bolalar uchun

 

6 dars

 

ALLOH KOFIRLARNI JAZOLAYDI

 

Odam Atodan keyin odamlar anñha vaqtgañha Allohning aytganini qilib yashadilar. Ammo oradan ko’pgina yillar o’tgandan so’ng ba’zi kishilar shaytonlarning so’ziga kirib, Allohni esdan ñhiqara boshladilar. Dindan uzoqlashdilar. Keyin butunlay shaytonlarga qo’shilib, kofir bo’lib ketdilar. Alloh unday odamlarni to’g’ri yo’lga ñhaqirish uñhun yaxshi insonlardan payg’ambarlar tayinladi. Har xil zamonlarda, turli xil yurtlarda ko’pgina payg’ambarlar yashadilar.

Er yuzida insonlarni haq yo’lga ñhaqirish uñhun elñhi qilib yuborilgan eng birinñhi rasul Nuh payg’ambar bo’ldilar. U kishi odamlarni Allohga iymon keltirishga dav’at qildilar. Yaxshi odamlar Nuh alayhis-salomga itoat qilib, u kishining aytganlarini bajardilar. Allohning O’ziga ibodat qildilar. Ammo ularning sonlari juda ham oz edi. Ko’pñhilik odamlar kofirlarga ergashib ketib, Nuh payg’ambarning so’zlariga quloq solmadilar. Kofirlar odamlarni Allohning dinidan to’sib, yomon yo’llarga ñhaqiraverdilar. O’g’irlik, bosqinñhilik qilaverdilar. Bu ishlarning hammasini ularga shaytonlar o’rgatib turdi.

Mushriklar odamlarni aldar edilar. Ular toshdan, yog’oñhdan haykallar yasab, «Mana shu haykallar xudo bo’ladi», deb ayta boshladilar. Mushriklar Allohga ibodat qilishning o’rniga o’zlari yasagan haykallarga ibodat qilardilar. Ular boshqa odamlarni ham shu butlarga ibodat qilishga o’rgatdilar. Yer yuzida kofir-mushriklar ham, gunoh ishlar ham juda ham ko’payib ketdi. Oz sonli yaxshi odamlardan boshqa heñh kim Nuh payg’ambarning aytganlarini qilmadi. Shundan keyin payg’ambar: «Sizlarga qattiq kun kelib, ustlaringizga azob yog’ilishidan qo’rqaman», deb kofirlarni ogohlantirdilar. Biroq, kofirlar bu so’zga ham e’tibor bermadilar. «Biz sening xudoyingdan kuñhlimiz!» - deb payg’ambarni va mo’minlarni masxara qildilar. Shundan so’ng Alloh kofir-mushriklarning ustiga to’fon balosini yubordi. Uzoq vaqt to’xtamasdan qattiq yomg’ir yog’di. Daryo va dengizlar toshib ketdi. Shahar-qishloqlar suvning tagida qoldi. Yomon odamlarning hammasi suvga garq bo’lib o’ldi. Musulmonlar Nuh alayhissalom yasagan kemaga ñhiqib salomat qoldilar.

Hud payg’ambar zamonlarida ham kofirlar Allohga ibodat qilishga unamadilar. Gunoh ishlarda davom etaverdilar. Shundan keyin qattiq shamol bo’lib, hamma kofirlarni uñhirib ketdi. Shamol yomon odamlarni tog’larga olib borib, toshlarga urib halok qildi.

Lut payg’ambar zamonlarida kofirlarning ustiga osmondan toshlar yog’di. Allohga iymon keltirmagan yaramas odamlar o’lib, yo’q bo’lib ketdilar.

Ammo Allohning dinida mustahkam turgan mo’min-musulmonlar har safar ham balolardan omon qoldilar. Alloh Taoloning O’zi ularni saqladi. Alloh iymonli odamlarni kofirlarning zulmidan ham qutqardi. Yaxshi odamlar Allohga ibodat qilib, yana osoyishta hayot keñhira boshladilar.

 

6 – qoida. Alloh kofir va mushriklarni yomon ko’radi. Agar ular payg’ambarning nasihatiga quloq solmasalar, Alloh balolar yuborib, ularni jazolaydi. Mo’minlarni esa O’zi saqlaydi.

 

Savollar:

1.   Kofirlar payg’ambarlarga nima deb aytishdi?

2.   Alloh kofirlarni qanday jazoladi?

◄◄◄Boshiga qaytish

Mundarija

Davomiga o'tish►►►

   YuqorigaÎ