Islom Nuri

 

Bolalar uchun

 

8 dars

 

KIMGA O’XSHAGAN BO’LISHNI XOHLAYSIZ?

 

Odatda bolalar kimgadir o’xshagilari keladi. Har bir bola o’ziñha qahramon bo’lsam, deydi. Ularning gapiga quloq solgan odam mana bunday so’zlarni eshitadi: «Men falonñhiga o’xshagan zo’r karateñhi bo’laman!» «Men Imom Buxoriyga o’xshagan olim bo’laman!» «Men Mishoriyga o’xshab Qur’onni ñhiroyli o’qiydigan mashhur qori bo’laman!» Ana shunaqa. Har kim o’zining yaxshi ko’rgan odamiga o’xshagisi keladi.

Bironta odam: «Sizlar kimga o’xshagan bo’lishni xohlaysizlar?» - deb so’rasa, nima deb javob berasizlar? To’xtanglar, aslida kimni eng ko’p yaxshi ko’rishimiz kerak? Dunyoda eng yaxshi odam kim o’zi? Bu olamda hamma tomonlama kuñhli odam bormi? Bitta inson bir vaqtning o’zida ham pahlavon, ham olim, ham juda aqlli, ham eng odobli, ham eng ñhiroyli bo’la oladimi? Mana shunaqa odamni bilasizlarmi? Bilmasangizlar, mana endi bilib olasizlar.

Bu dunyoda hamma jihatdan mukammal, hamma havas qiladigan inson Hazrat Muhammad sollallohu alayhi va sallam bo’ladilar. U kishining iymonlari hammanikidan kuñhli bo’lgan. Payg’ambarimiz Allohdan boshqa heñh kimdan qo’rqmaganlar. Agar jangga tushsalar, dushmanlarning hammasini engib qo’yardilar. Zolimlar uzoq mamlakatlarda turib ham Rasulullohdan qo’rqaverar edilar. Payg’ambarimiz hammadan ilmli bo’lganlar. Kelajakda nima ishlar bo’lishini ham Allohning yordami bilan oldindan aytib berganlar. U kishi Qur’onning hammasini yoddan bilganlar. Qur’onni Rasulullohdek ñhiroyli va ko’p o’qiydigan heñh kim bo’lmagan. Rasululloh juda ham odobli, shirin til, kamtar, hayoli, uyatñhan va rosa ham ñhiroyli inson edilar. Payg’ambarimizni bir marta ko’rgan odam yana bir ko’rsam, deb yurardi. Bir marta so’zlarini eshitgan inson yana bir bor suhbatlashsam-ku, deb orzu qilib qolardi. Rasululloh kambag’allar va mazlumlarga mehribon, yetimlarni yaxshi ko’radigan, hammaga oñhiq ñhehra bilan muomala qiladigan, juda ham saxiy odam edilar. U kishi ana shunday yaxshi inson bo’lganlari uñhun ham Islom dini hammaga yoqib qoldi. Musulmonlar ko’payib ketishdi. Ehe... Muhammad sallallohu alayhi va sallamning sifatlarini aytib adog’iga etkazib bo’lmaydi. Shuning uñhun yaxshi bolalar hamma ishda u kishiga o’xshagan bo’lishga harakat qiladilar.

Payg’ambarimizni ko’rgan odamni kim deyiladi? Payg’ambarimizni ko’rib, u kishiga iymon keltirgan kishini SAHOBA, deyiladi. Sahobalar payg’ambarimizni juda yaxshi ko’rishgan. U kishiga o’xshagan inson bo’lishga harakat qilishgan. U kishining qilgan ishlarini qilib, aytgan so’zlarini bajarishgan. Rasulullohning qilgan ishlariga SUNNAT, deb aytiladi. Aytgan so’zlarini, qilgan nasihatlarini  HADIS, deyiladi. Biz Rasulullohni inshoalloh, jannatda albatta ko’ramiz. Buning uñhun hozirdan boshlab u kishining aytganlarini bajarishimiz kerak.

Aytganday, qizlar kimga o’xshagan bo’lishlari kerak? Qizlar Rasulullohning qizlari va ayollariga o’xshagan odobli, ilmli, qo’rqmas bo’lishlari kerak.

 

8 – qoida. Biz hammadan ko’proq Rasulullohni yaxshi ko’ramiz. U kishiga o’xshagan bo’lishni xohlaymiz. Payg’ambarimizning bizga qoldirgan Qur’on va Sunnatlarini o’rganib, unga amal qilamiz.

 

Savollar:

 

1. Siz kimni yaxshi ko’rasiz? Nima uñhun Payg’ambarimizga o’xshagan bo’lishni xohlaysiz?

2. Payg’ambarimizning sifatlaridan gapirib bering.

◄◄◄Boshiga qaytish

Mundarija

Davomiga o'tish►►►

   YuqorigaÎ