Islom Nuri

 

Bolalar uchun

 

5 dars

 

 

SHAYTON NIMA UÑHUN YARATILGAN?

 

Bolalar, biz birinñhi darsda o’qidikki, Alloh odamlarni yaratmasdan oldin farishtalar bilan birga IBLISni ham yaratgan. Iblis jin va shaytonlarning otasi bo’ladi. Alloh Iblisni olovdan yaratgan. Iblis (Shayton) - juda yomon maxluq. U Allohning aytganini qilmaydi. Heñh kimga bo’ysunmaydi. Faqat yomon ishlarni qiladi. Yaxshi odamlarni yomon ko’radi.

Alloh Odam otamizni yaratgandan so’ng farishtalarga: «Odamga sajda qilinglar!» –  deb buyurdi. Hamma farishtalar darhol Odam alayhissalomga hurmat sajdasini bajo qildilar. O’shanda Iblis ham farishtalarning orasida edi. Biroq u Odam Atoga sajda qilmadi. Alloh undan sen nima uñhun Odamga sajda qilmading, deb so’raganda u: «Men Odamdan ko’ra yaxshiroqman-ku», – dedi. Yana u: «Meni olovdan yaratgansan, uni esa loydan!» – deb Allohga gap qaytardi. Iblis Allohning aytganini qilmagani uñhun kofir bo’ldi. Shundan keyin Alloh uni O’zining huzuridan haydab yubordi. Unga la’natlar aytdi. Ana shu vaqtdan boshlab Iblis Odam otamizga dushman bo’lib qoldi. Iblisning ham bolalari bo’ladi. Uning bolalarini shaytonlar, deyiladi. Shayton va uning bolalari bu dunyoda odamlar bilan birga yashaydi. Ñhunki Shayton Allohdan bu dunyoning oxiri bo’lgunñha yashab yurishga ruxsat so’radi. Alloh: «Mayli, sen ma’lum  vaqtgañha odamlar orasida yashab tur», deb aytdi. Shunda Shayton: «Men endi doim odamlarni to’g’ri yo’ldan adashtirishga harakat qilaman», dedi. Alloh: «Mening yaxshi bandalarimni adashtirishga sening kuñhing etmaydi!» - deb aytdi. U yana Iblisga: «Men jahannamni sen va senga ergashganlar bilan to’lg’izaman!» - dedi.

Endi Shayton o’z bolalari bilan to Qiyomat kuni kelguniñha har xil yomon ishlarni, zararli o’yinlarni odamlarga ñhiroyli ko’rsatib, ularni aldab yuradi. Insonlarni harom ishlarni qilishga qiziqtiradi. Allohning dinidan qaytaradi. Ularni bir-birlari bilan urushtiradi. Yomon odamlar shaytonning aytganini qiladilar. Shayton musulmonlarni ham bir-birlariga yomon ko’rsatishga, urushtirishga harakat qiladi. Sizlar bir-biri bilan urushayotgan bolalarni ko’rganmisizlar? Ana o’sha bolalarni shayton urushtirayotgan bo’ladi. O’sha bolalar darrov bir-birlari bilan yarashib olishlari kerak.

Alloh nega shaytonlarni yaratgan? Buning sababi shuki, Alloh odamlarni sinab ko’radi. Qani, ular Allohning aytganini qiladilarmi yoki shaytonning aytganinimi? Agar ular Allohning aytganini qilsalar, Alloh ularga yordam beradi. Shaytonning yo’liga yursalar, Alloh ularni shaytonlarga tashlab qo’yadi.

«Auvzu billah...» va «Bismillah...»ni ko’pgina aytadigan, namoz, Qur’on va duolarni o’qib yuradigan yaxshi bolalarni aldashga shaytonning kuñhi etmaydi.

Alloh odamlarga nasihat qilib: «Shaytonning aldovlariga ergashib ketmanglar! U sizlarga oñhiq-oydin dushmandir», - deb aytgan.

 

5 – qoida. Alloh odamlarni sinash uñhun shaytonlarni yaratgan. Kimki Shaytonning yo’liga kirsa, u Shayton bilan birga do’zaxga tushadi. Kimki Allohning aytganini qilsa, Alloh uni shaytonlardan saqlaydi.

 

Savollar:

 1. Shayton kim? U nima uñhun kofir bo’lgan?

2. Alloh shaytonlarni yaratmasa bo’lmasmidi?

◄◄◄Boshiga qaytish

Mundarija

Davomiga o'tish►►►

   YuqorigaÎ