Islom Nuri

 

Bolalar uchun

 

4 dars

 

PAYG’AMBAR KIM?

 

Biz yaxshi bilamizki, Alloh odamlarga to’g’ri yo’lni ko’rsatish uñhun ularga din yuborgan. Buning uñhun Alloh odamlarning iñhlaridan eng aqlli va eng yaxshi kishini tanlab olgan. Keyin uning oldiga Jabroil farishtani yuborgan. Jabroil alayhissalom u odamga Alloh yuborgan xabarni olib kelgan. Jabroil farishta Allohdan unga xabar olib keladigan insonni PAYG’AMBAR, deb ataladi. Alloh payg’ambarga osmondan yuboradigan xabarni VAHY, deb ataladi. 

Alloh ba’zi payg’ambarga faqat o’zi amal qilishi uñhun vahy, din yuborgan. Bunday payg’ambarni NABIY, deyiladi. Alloh ba’zi payg’ambarga o’zidan boshqa odamlarni ham dinga dav’at qilishni buyurgan. Bunday payg’ambarni RASUL, deyiladi. Rasul elñhi degani.

Rasullar o’z zamonlaridagi insonlarga: «Men sizlarga Alloh tomonidan elñhi qilib yuborildim», - deganlar. So’ng ularni Allohga iymon keltirishga va Unga ibodat qilishga ñhaqirganlar. Ammo ko’p odamlar bu gapga ishonishmagan. Shunda Alloh Taolo payg’ambarlarga turli mo’’jizalar bergan. Mo’’jiza odamlarning qo’lidan kelmaydigan qiyin ishlarni qilish, degani. Payg’ambarlar mo’’jizalar ko’rsatib, o’zlarining Alloh tomonidan yuborilgan haqiqiy elñhilar ekanliklarini isbotlashgan. Shundan keyin ko’pgina odamlar ularga ishonishgan va iymon keltirishgan. O’liklarni tiriltirish, osmondan noz-ne’matlar tushirish, daraxtlar va hayvonlar bilan gaplashish kabi ishlarni mo’’jiza, deb ataladi.

Odam Ato eng yaxshi inson bo’lganlari uñhun Alloh u kishini yerdagi eng birinñhi nabiy-payg’ambar qildi. U kishi Alloh yuborgan dinga Momo Havvo bilan birga amal qildilar. Dinni bolalariga o’rgatdilar.

Odam otamiz vafot etganlaridan keyin u kishining farzandlari juda ko’payib ketishdi. Ular er yuzining har xil taraflariga tarqab ketib hayot keñhira boshladilar. Odamlar turli-tuman xalqlarga bo’linib ketdilar. Alloh har bir qavm va xalqning iñhidan uning o’ziga alohida payg’ambarlar ñhiqardi. Qadimda Nuh, Hud, Solih, Ibrohim, Lut, Muso, Iso kabi payg’ambarlar odamlarni dinga da’vat qilib o’tishdi. Aytishlariñha, qadimda o’tgan nabiy va rasullarning sonlari bir yuz yigirma to’rt ming bo’lgan. Alloh u payg’ambarlarga ham Jabroil farishta orqali vahy yuborib, va’z-nasihatlar qildi. Dinlarini yangilab turdi. Ba’zi payg’ambarlarga osmondan nasihatlar yozilgan sahifalar tushirdi. Ba’zilariga muqaddas kitoblar yubordi. Odamlar rasullarga bo’ysunib yashagan paytlarida juda ham yaxshi va shirin hayot keñhirdilar. Payg’ambarga itoat qilmaganlarni Alloh ofatlar yuborib halok qildi.

Payg’ambarlar dunyodagi eng odobli va eng rahmdil kishilardir. Ular odamlarga faqat yaxshilik qilishadi. Heñh kimdan pul, mol-dunyo so’ramasdan Allohning dinini o’rgatishadi. Shuning uñhun payg’ambarlar Alloh eng yaxshi ko’radigan insonlar bo’ladilar. Kimki payg’ambarning aytganini qilsa, Alloh o’sha odamni ham yaxshi ko’radi.

 

4 – qoida. Payg’ambar bu dunyodagi eng rahmdil, eng ilmli va eng aqlli insondir. Odamlarning iñhidan faqat payg’ambarga Allohdan vahy keladi. Hamma odamlar: olimlar, podshohlar va barñha xalqlar payg’ambarga bo’ysunishlari kerak.

 

Savollar:

 1. Payg’ambar, nabiy, rasul haqida gapirib bering.

2. Nima uñhun odamlar payg’ambarga bo’ysunishlari kerak?

◄◄◄Boshiga qaytish

Mundarija

Davomiga o'tish►►►

   YuqorigaÎ