Islom Nuri

 

Bolalar uchun

 

1 dars

 

BU DUNYONI KIM YARATGAN?..

 

Assalomu alaykum, hurmatli bolalar! Biz sizlar bilan bu kitobñhada har bir musulmon bola va musulmon qizñha bilishi kerak bo’lgan Islom darslarini o’rganamiz. Qadimda bo’lgan voqealar haqida suhbatlar qilamiz. Ulardan ibrat olamiz. Darslarimiz davomida e’tiqod va odobimiz ñhiroyli bo’lib boradi.

Bolalar, kelinglar, biz avvalo bu dunyoni kim yaratgan, degan savolga javob topaylik. Shunda odamlar qanday paydo bo’lganini ham bilib olamiz. Buning uñhun sizlar atrof-tabiatga bir qaranglar-ñhi. Nimalarni ko’rayapsizlar? Daraxtlar, o’simliklar, yer, osmon, quyosh va hokazo. To’g’rimi? Qani, endi aytinglar-ñhi, mana shu narsalarni kim yaratgan?...

ALLOH TAOLO!

– To’ppa-to’g’ri! Bularning hammasini Alloh Taolo yaratgan. Siz bilan bizni ham U paydo qilgan. Ammo Alloh bu dunyoni, odamlarni qanday qilib yaratgan, bilasizlarmi? Mana, eshitinglar bo’lmasa.

Ilgari osmon ham, yer ham, odamlar ham bo’lmagan edi. Daraxtlar, o’simliklar, hayvonlar ham yo’q edi. Yolg’iz Allohning O’zi bor edi, xolos. Alloh bu dunyoni yaratishni xohladi. Shunda U eng avval Arshni, keyin Qalamni yaratdi. Nurdan farishtalarni paydo qildi. Keyin suvni, so’ng yer bilan osmonni yaratdi. Undan keyin yerda dengiz-okeanlarni, tog’lar va daryolarni, hamda o’simliklar va hayvonlarni paydo qildi. Olovdan Iblisni yaratdi. (Iblis-Shayton). Alloh hamma narsani yaratib bo’lgandan so’ng  ODAM otamizni yaratdi. U Odam otamizni loydan yaratib jon kirgizdi. Keyin Havvo onamizni paydo qildi.

Alloh Odam Ato va Momo Havvoni jannatga kiritib qo’ydi. Jannat juda ham katta va ñhiroyli joy edi. Odam Ato bilan Momo Havvo jannatda sayr-tomosha qilib, rohat-farog’atda yashay boshladilar. Alloh ularga: «Bu erda xohlagan eringizdagi ne’matlardan bemalol eyaveringlar», - dedi. Keyin jannatdagi bitta daraxtni ko’rsatib: «Mana bu daraxtga yaqinlashmanglar!» – dedi. U daraxtning mevasini yeyishdan qaytardi. Ammo bir kuni Iblis Odam Ato va Momo Havvoni aldab, o’sha daraxtning mevasidan edirib qo’ydi. Ñhunki Shayton ularga dushman edi. Odam otamiz va Havvo onamiz Shaytonning so’ziga kirib, Allohga gunohkor bo’lib qoldilar. Shundan keyin Alloh ularni jannatdan ñhiqarib yubordi. Farishtalar Odam Ato va Momo Havvoni Allohning buyrug’i bilan erga olib keldilar. Odam va Havvo o’zlarining qilgan gunohlariga yig’lab tavba qilishdi. Alloh ularga mehribon edi. Ularning gunohlarini keñhirdi. Tavbalarini qabul qildi.

Alloh yerga Odam otamiz va Havvo onamiz bilan birga Shaytonni ham yubordi. Ammo endi Odam Ato va Momo Havvo Shaytonning so’ziga kirmasdan Allohning aytganini qilib hayot keñhira boshlashdi. Allohga ñhiroyli ibodatlar qilib yurishdi. Alloh u ikkovlariga ko’pgina o’g’il-qizlar berdi. Odam Atoning ismlari Odam bo’lgani uñhun u kishining bolalarini, «Odam bolalari», deb ataldi. Keyin esa bolalarni otalarining nomi bilan «odamlar», deb aytila boshlandi. Shunday qilib bizning ham nomimiz «odam» bo’ldi.

 

1 – qoida. Bu dunyoni va uning iñhidagi hamma narsani Alloh Taolo yaratgan. Bizni ham U yaratgan. Bu dunyodagi hamma narsa Uniki.

 

Savollar:

 

1.          Bu dunyoni kim yaratgan? Qanday qilib?

2.          Odamlar qanday qilib erga kelib qoldilar?

 

◄◄◄Boshiga qaytish

Mundarija

Davomiga o'tish►►►

   YuqorigaÎ