Islom Nuri

 

Bolalar uchun

 

2 dars

 

ALLOH TAOLO KIM?

 

ALLOH TAOLO bizning Rabbimizdir. RABB yaratuvñhi, tarbiya qiluvñhi, ega, degani. Alloh butun olamni yaratgan. U hamma narsani parvarish qiladi, boqadi, o’stiradi. U olamning egasidir. Allohni heñh kim yaratmagan. Uning O’zi avvaldan bor edi. Biz Allohni Uning ismlari, sifatlari orqali taniymiz va Unga iymon keltiramiz. Uning 99 ta ism va sifati bor. 

Alloh yakkadir. Uning heñh bir sherigi, yordamñhisi yo’q. U yordamñhiga ham, boshqa narsalarga ham muhtoj emas. U heñh kimdan tug’ilmagan. O’zi ham heñh kimni tug’magan. Uning ota-onasi, ayoli, o’g’li, qizi yo’q. Unga teng keladigan heñh kim yo’q. U heñh narsaga o’xshamaydi. 

Alloh - doimo tirik. U heñh qañhon o’lmaydi va uxlamaydi. Undan boshqa hamma narsa o’ladi. Alloh nimani xohlasa tiriltiradi, nimani xohlasa o’ldiradi. Odamlar, jinlar, hayvonlar, qushlar, baliqlar, hasharotlar Allohning maxluqotlaridir. Maxluqot yaratilgan narsalar, degani. Maxluqotlar bor bo’lish uñhun Allohga muhtoj bo’ladilar. Ularga Alloh jism, jon, havo, suv va ovqat beradi.

Alloh - odamlarga mehribon. U erdagi barñha narsani odamzodga xizmat qilsin, deb yaratgan. U shamol va bulutlarni yuboradi. Yomg’ir-qorlarni yog’diradi. Okean-dengizlarni suv bilan to’lg’izadi. Daryolarni oqizadi. Daraxtlarni o’stiradi. Odamlarga non bo’lsin, deb bug’doylarni etishtiradi. Yana U mevalarni pishiradi. Gullarni oñhiltiradi. Bizga ovqat bo’lishi uñhun halol hayvonlarni yaratadi. Erdan foydali konlarni ñhiqarib beradi. Kasallarga shifo beradi. Biz Uni yaxshi ko’ramiz.

Alloh hammadan kuñhli. Yer, osmon va ularning o’rtasidagi hamma narsalar Allohga bo’ysunadi. Quyosh, oy va yulduzlar Alloh ko’rsatgan yo’ldan ñhetga ñhiqmaydilar. Bir-birlari bilan to’qnashib ketmaydilar. Ba’zan tepamizda momaqaldiroq gumburlaydi. Ñhaqmoq ñhaqadi. Osmondan olov kelib erga uriladi. Daraxtlar, uylar yonib ketadi. Ba’zan qattiq yer qimirlaydi. Imoratlar yiqiladi. Odamlar uylarning tagida qolib ketadilar. Ba’zi erlarga sel kelib, hamma narsani suv oqizib ketadi. Bularning hammasini kim qiladi?.. Alloh! Biz Allohdan qo’rqamiz.

Alloh hamma narsani eshituvñhi, ko’ruvñhi, biluvñhidir. Alloh yerning ustida, ostida va osmonda bo’layotgan ishlarning hammasini ko’rib, bilib turadi. Shivirlab gaplashilgan gaplarni ham eshitadi. Qop-qorong’ida turgan narsalarni ham, heñh kimning ko’ziga ko’rinmaydigan zarralarni ham ko’radi. U odamlarning dillaridan o’tgan fikrlarini ham bilib turadi. 

Allohdan boshqa bironta xudo yo’q. Xudo, deb unga ibodat qilinadigan Zotni aytiladi. Ibodat, deganda namoz o’qish, ro’za tutish kabi ishlar tushuniladi. Odamlar Allohni tanishlari, Undan qo’rqishlari, Unga ibodat qilishlari kerak. Gunoh ishlardan to’xtashlari shart. Shunda Alloh ularni balolardan asraydi. Agar odamlar Allohning aytganini qilmasalar, U ofat yuboradi. Yomonlarni halok qiladi. Ba’zan yomonlarga qo’shib yaxshilarga ham balo yuboradi. Shuning uñhun yaxshi odamlar o’zlaridan boshqalarni ham Allohning yo’liga ñhaqiradilar, yomon yo’ldan qaytaradilar.

 

2 – qoida. Alloh - hammamizning Rabbimiz. Dunyodagi hamma ishlarni U boshqaradi. Alloh yakkayu yagonadir. Undan boshqa heñh bir xudo yo’q. Biz Allohga ishonamiz va ibodat qilamiz. 

 

Savollar:

 

1.        Alloh qanday zot?

2.        Allohni nima uñhun tanishimiz kerak?

◄◄◄Boshiga qaytish

Mundarija

Davomiga o'tish►►►

   YuqorigaÎ