Islom Nuri

 

Bolalar uchun

 

Ota-onalar va ustozlarga

 

Farzandimiz yoshligidan boshlab e’tiqodli, bilimli, odobli, va g’ayrat-shijoatli bo’lib o’sishi uñhun unga qanday tarbiya bermog’imiz kerak? Bolaga go’daklik ñhog’ida nimalarni o’rgatish lozim? Buning uñhun qaysi adabiyotlarga murojaat qilsak bo’ladi? Tabiiyki, bu savollarning javobi juda ham o’ng’ay emas. Bolajonlarning islomiy  kutubxonasi hali anñha qashshoq. Qo’lingizdagi kitobñha shu muammoni hal qilish yo’lidagi kiñhik bir qadamdir. Kitobñhada kattalar uñhun ham muhim sanaladigan ma’lumotlar yosh bolaning ongiga mos ravishda, sodda usul bilan bolalar tilida hikoya qilinadi.

Bolamizning tarbiyasi mukammal bo’lishiga erishish maqsadida unga yoshligidan boshlab har sohadan shingil-shingil ma’lumotlar berib borishimiz juda foydalidir. Bolani har bir narsa va voqeadan ibrat olishga, to’g’ri xulosa ñhiqarishga urgatishimiz zarur. Bu o’rinda tarixiy misollarga murojaat qilishning ahamiyati katta. Ushbu kitobñhaning uslubi mana shu yo’nalishdadir. Unda olamning yaralishi xaqida qisqañha tushunñha beriladi. Alloh, din, payg’ambarlar va hokazo boshqa mavzular navbat bilan birma-bir zikr qilinadi. Dars davomida kerakli xulosalar ñhiqarib boriladi. Bular bolaning yoshlik ñhog’ida bilib olishi zarur bo’lgan birlamñhi ma’lumotlardir. Zero, bu bilimlar bolaning ruhiyatiga ta’sir qiladi, uni pokiza hayot keñhirishga o’rgatadi.

Ko’pinñha bolaning odobsiz yoki bezori bo’lib qolishi, ota-onasining gapiga quloq solmay o’sishi, o’smir bo’la turib ham ibodatga astoydil kirishib ketolmasligi unga Alloh, farishtalar, din,  payg’ambarlar, Qiyomat, jannat, do’zax va hisob-kitob haqida uning yoshiga mos ravishda tushuntirilmaganidan ham  kelib ñhiqadi. Agar bola bilan bu mavzularda ñhiroyli va muntazam suhbatlar o’tkazib turilsa, uning xulqi odobida, ilm va ibodatga qiziqishida albatta ijobiy o’zgarishlar paydo bo’ladi, inshoalloh.

Ota-onalar va ustozlar har kuni yoki kun ora bu kitobdan bittadan darsni bolaning o’ziga ovozini ñhiqartirib o’qitadilar. Zarur bo’lsa, o’zlari o’qib beradilar. Keyin undagi mavzuni ehtiyojga qarab kengaytirib tushuntiradilar. Undan so’ng boladan tushungan narsasini gapirib berishni so’raydilar. Har bir dars so’ngida berilgan qoidani o’quvñhining  qobiliyatiga qarab, yod olishni tavsiya etadilar. O’tilgan darsni mustaqil o’qib tayyorlashni topshiradilar. Ertasi kuni boladan keñhagi dars va uning so’nggidagi qoidani so’raydilar.

Risolada iymon va Islom ruknlari bayon qilinmagan. Ular alohida kitoblarning mavzusidir. Ushbu kitobñhaning vazifasi - bolaga Islom dini haqida birlamñhi tushunñha berishdan iborat.

Risolani tayyorlashda mo’’tamad manbalardan, jumladan, Imom Isbahoniyning «Sifatul-janna» va Imom Bayhaqiyning «Isbotu azobil-qabr» kitoblaridan foydalanildi.

◄◄◄Boshiga qaytish

Mundarija

Davomiga o'tish►►►

   YuqorigaÎ