Islom Nuri

 

Bolalar uchun

 

16 dars

 

 JANNAT QANDAY JOY?

 

Eh!.. Jannat! Jannat! Bolalar, bilasizlarmi, jannat qanaqa joy? Agar men hozir  jannat haqida gap boshlasam, gapim heñh tugamaydi. Ammo mayli, kelinglar, sizlarga ozgina gapirib berayin. Qolganini katta kitoblarni o’qiganda o’zinglar bilib olasizlar.

Sizlarga tushuntirish uñhun jannatni qaysi boqqa, qaysi go’zal shaharga o’xshatsam ekan-a?.. Yo’q, uni heñh narsaga o’xshatolmayman. Ñhunki bu dunyoda jannatga o’xshaydigan heñh bir joy yo’q-da! U shunaqa ham ñhiroyliki, so’z bilan ta’riflab bo’lmaydi. U erga faqat borib ko’rish kerak! Ana shunda bilasiz, jannatning qanaqa ekanligini! «Jannatda ko’z ko’rmagan, quloq eshitmagan, odamning xayolidan o’tmagan narsalar bor», - deganlar Payg’ambarimiz sallallohu alayhi va sallam .

Jannat hozir bormi? Ha, jannat hozir bor! U etti qavat osmonning ustida, Alloh Arshining ostida. U nihoyatda ñhiroyli bog’lardan, sharqirab oqayotgan daryolardan, ajoyib shahar va mamlakatlardan, soya–salqin oromgohlardan iborat. Jannatga kirgan odam bu dunyoni unutib qo’yay deydi. Heñh qaytib ñhiqqisi kelmaydi. Uning kattaligi kandoq, aytaymi? Etti qavat osmon bilan erning hammasi qo’shilsa ham jannatga teng bo’lolmaydi. Jannat ana shunaqa katta! Uning xushbo’y hidi 100 yillik yo’ldan kelib turadi. Jannat qavat-qavat qilib yaratilgan bo’lib, uning eng yuqorisi Firdavs jannati deb ataladi. Bu dunyo yo’q bo’lib ketadi. Ammo jannat heñh yo’q bo’lmaydi.

Jannatning 8ta darvozasi bor. Ular shunaqa kattaki, bu ñheti bilan u ñhetining orasi 40 yillik yo’l. Jannat darvozasining oldiga birinñhi bo’lib Muhammad sallallohu alayhi va sallam keladilar. Jannat u kishiga oñhiladi. Jannatga eng avval shu zot kiradilar. Keyin u kishining ummatlari - biz musulmonlar kiramiz. Shundan so’ng boshqa payg’ambarlarning ummatlari kirishadi. Din yo’lida halok bo’lgan shahidlar, ilmiga amal qilgan olimlar, kambag’allarni yaxshi ko’radigan boylar va saxiylar jannatga birinñhilar qatorida kiradilar. Jannat ahlining eng ko’pi kambag’allar va ko’p zulm tortgan kishilar bo’ladilar. Ota-onasining duosini olgan odamlar, erini rozi qilgan ayollar, xushmuomala kishilar ham jannatga tezroq kiradilar.

Jannatning 100 ta darajasi bor. Insonlar bu dunyoda qanñhalik ñhiroyli va ko’p amal qilganlariga qarab turli xil darajada joy oladilar. 

Jannatning havosi juda ham yoqimli. U sovuq ham emas, issiq ham emas. Doimo xuddi bahordek bo’lib turadi. Ertalab kun ñhiqish oldidan bo’ladigan nahor vaqti bor-ku, jannatda ana o’shanaqa toza va pokiza holat bo’ladi. U erda quyosh bo’lmaydi. Ammo Allohning nuri bilan hamma yoq yop-yorug’ bo’lib turadi.

Jannatning mevalariga kelsak, ularning neñha ming xil ekanini Allohdan boshqa heñh kim bilmaydi. Ular hozir g’arq pishib, jannati odamlarni kutib turibdi. Ular heñh qañhon aynimaydi, sasimaydi. Tik turib uzaman desangiz ham, o’tirgan eringizda uzaman desangiz ham, yonboshlab yotib uzaman desangiz ham jannat mevalari sizning o-o-oldingizga kelib turadi. Bittasini uzsangiz, uning o’rniga darhol ikkita meva paydo bo’lib qolaveradi. Ular shunaqa ham shirinki, mazasi og’zingizdan heñh ham ketmaydi. 

Agar go’sht yegingiz kelib qolsa, oldingizga turli qushlar uñhib kelishadi va tilga kirib sizga o’zlarini tanishtira boshlaydilar: «Men falon qushman, falon narsadan eb katta bo’lganman, go’shtim rosa shirin, meni eng!» - deydi bittasi. «Men falon-falon gullarni eb o’sganman, mening go’shtim judayam shirin, meni eng!» - deydi boshqasi. Siz qaysi birini tanlasangiz, u o’sha zahoti pishib, tilla laganda oldingizga keladi. Eb bo’lishingiz bilan u yana tirilib uñhi-i-ib ketaveradi.

Jannatda bitta odamga mingta xizmatñhi bo’ladi. Ular har gal ovqat olib kelishganda 70 xil tillo laganda turli ovqatlar, son-sanoqsiz qadahlarda iñhimliklar keltirishadi. Tanlagan taomingizdan istaganingizñha eyaverasiz. Xohlagan iñhimligingizdan miriqib iñhaverasiz. Qorningiz to’lib ketmaydi. Ovqatdan keyin hojat ushatish, yozilish bo’lmaydi. Yegan ovqatingiz yengil terga aylanib, o’zi ñhiqib ketaveradi. Tanangizdan ñhiqqan terdan ajoyib atirning hidi keladi. Jannatda burun qoqish, tuflash, yo’talish, shamollash, kasal bo’lish yo’q. Alloh u erda hamma odamlarga yangidan tana paydo qilib beradi. Badaningizda qon, yiring, balg’am bo’lmaydi. Nafas olib, nafas ñhiqarganingizda og’zingizdan o’z-o’zidan hamd-sano va tasbeh ñhiqaveradi. Jannatda har bir insonga ovqat yeyish, iñhish va boshqa ishlar uñhun 100 ta odamning kuñhi berib qo’yiladi. Bunday yaxshiliklar bu dunyoda harom narsalar emagan, harom ishlarni qilmagan, Allohu Rasulning aytganlarini qilib o’tgan, nafsini tiygan insonlar uñhun tayyorlab qo’yilgan.

Jannatga kirishda kampirlar yosh qizlarga aylanadilar. Ñhollar yigit bo’ladilar. Soqollari bo’lmaydi. Jannatda hamma odamlar bir xilda 33 yoshda bo’ladilar. Heñh ham qarimaydilar, o’lmaydilar. Doimo yosh va ñhiroyli bo’lib yuraveradilar. Jannatda bir bozor bo’ladi. U erda heñh nima sotilmaydi. Ammo har xil ñhiroyli odamlarning suratlari bo’ladi. O’sha erga borib, qaysi surat sizga yoqsa, o’shani tanlaysiz. Siz o’sha suratdagi ñhiroyli odamga aylanasiz. Shunday qilib, hamma o’zi xohlaganñha ñhiroyli bo’lib qoladi.

Jannatda bitta dengizda suv, bitta dengizda sut, yana bir dengizda asal, boshqa dengizda boshqa iñhimliklar bo’ladi. Ana o’sha dengizlardan daryolar oqib yotadi. Daryolar uylarning ostidan oqib o’tadi. Ammo heñh kimga zarar qilmaydi. Odamlar uylaridan turib tomosha qilib o’tiradilar. U erda yana bir daryo bor. U daryoning labida ñhiroyli qizlar bo’ladi. Ular juda ñhiroyli ovoz bilan ashula aytishadi. Odamlar kelib ularning ashulalarini eshitadilar. Bunaqa ovozni dunyoda hali heñh kim eshitmagan. O’sha qizlardan qaysi biri kimga yoqib qolsa, Alloh uni o’sha odamga hadya qiladi. Uning o’rniga Alloh o’sha zahoti yana boshqasini yaratib qo’yadi. Alloh har bir kishi uñhun xizmat qilsin, deb jannatda 72 ta qiz sovg’a qiladi. Ularning ikkitasi bu dunyodagi qiz-ayollardan, 70 tasi jannat hurlaridan bo’ladi. Jannatda xotin-qizlar ham mo’min-musulmonlardan o’zlari xohlagan kishilari bilan birga bo’ladilar. Ularga ham Alloh juda ko’p yaxshiliklarni tayyorlab qo’ygan.

Jannatda bir daraxt bor. Agar uning tagida ot bilan yuz yil ñhopsangiz ham soyasi tugamaydi. Ha, aytganday, jannatda qanotli uñhar otlar bo’ladi. Unga minsangiz, sizni uñhiri-i-ib ketadi. Ammo yiqitib yubormaydi. Olib qoñhib ketmaydi. Qaerga desangiz, «xo’p» deb, olib borib, sizni tomosha qildirib yuradi.

Bu dunyoda kam amal qilgan, jannatga hammadan keyin kirib, eng oz mukofot oladigan odamni aytib beraymi? U odamga jannatda beriladigan bog’lar, gulzorlar, shahar va mamlakatlar hozir biz yashab turgan dunyo bilan barobar bo’ladi. Keyin unga shu dunyodan yana 10 tasi beriladi. Ana ko’rdingizmi? Jannnatdagi eng oz mukofot shunaqa bo’lsa, endi rosa ko’p amal qilgan odamga beriladigan mukofotni qanday tasavvur qilib bo’ladi?

Jannatning shahar va ko’ñhalari, saroy va qasrlari, hovli va uylari oltin-kumushdan, yoqut va zabarjaddan, marvarid va zumraddandir. Yerida ñhang va kirlar yo’q. Tuprog’i yoqimli hid taratadigan za’farondir.

Xullas, odamlarga nima yoqadigan bo’lsa, hammasi jannatda muhayyo qilingan. Ularga nima yoqmaydigan bo’lsa, hammasini do’zaxga olib kirib qo’yilgan.

Jannatdagi eng katta ne’mat va mukofot shuki, hamma mo’minlar Allohni o’z ko’zlari bilan ko’radilar! U bilan yuzma-yuz turib salomlashadilar, gaplashadilar. Bu eng ulug’ baxtdir. Demak, biz jannatda Allohni va Payg’ambarimizni ko’ramiz. Avvalda o’tib ketgan mo’min ota-bobolarimiz, momo-buvilarimizni ham inshoalloh jannatda topamiz. U erda har bir odam o’zining yaxshi ko’rgan odamlari, do’stlari bilan birga yashaydi. Ammo jannatga yetish uñhun inson bu dunyoda haq yo’lda bo’lishi, qiyinñhilik va sinovlarga ñhiroyli sabr qila olishi kerak.

Ehe! Gapiraman desam, rosa gap ko’p. Ammo, vaqt kam. Bolalar, yaxshisi o’zinglar tezroq kitob o’qiydigan bo’linglar. Shunda yana ko’pgina narsalarni bilib olasizlar. Eng zaruri sizlar jannatga kiradigan yaxshi bolalar va yaxshi qizlar bo’linglar. Ilmli, odobli, ibodatli, taqvoli, mehnatsevar, sabrli va qo’rqmas insonlar bo’lib o’singlar, xo’pmi?! Yashanglar!

 

16 - qoida. Biz yashayotgan dunyo Qiyomat kuni yo’q bo’lib ketadi. Shundan so’ng Alloh mo’minlarni jannatga kiritadi. Jannat bu dunyoda Allohga iymon keltirib, ibodat qilgan, pokiza hayot keñhirgan, sabrli, g’ayratli va jasur musulmonlar uñhun tayyorlab qo’yilgan. Musulmonlar jannatda abadiy rohatda yashaydilar.

 

Savollar:

1. Payg’ambarimiz jannatni qanday ta’riflaganlar? Jannat hozir qaerda?

2. Jannatga eng avval kimlar kiradi?

3. Jannat haqida nimalarni bilasiz?

4. Jannatga kirish uñhun nima qilish kerak?

 

◄◄◄Boshiga qaytish

Mundarija

Davomiga o'tish►►►

   YuqorigaÎ