Islom Nuri

 

Bolalar uchun

 

17 dars

 

MUSULMON BOLA QANDAY BO’LADI?

 

Hurmatli bolalar! Biz sizlar bilan ko’p narsalarni o’qib-o’rgandik. Bilmaganlarimizni bilib oldik. Endi bugun oxirgi darsimizda yaxshi bola va yaxshi qiz qanaqa bo’lishi kerakligi haqida suhbat qilamiz. Musulmon bola doim amal qilib yuradigan qoidalarni birma-bir sanab o’tamiz. Sizlarga oson bo’lishi uñhun bu qoidalarni uñh qismga bo’lib o’rganamiz.

 

Birinñhi qism

 

1. Musulmon bola Allohga va Rasulullohga iymon keltirgan bo’ladi. Hammadan ko’ra ko’proq u ikkovlarini yaxshi ko’radi. Ular buyurgan amallarni ixlos bilan to’liq bajarib, savobini har kuni ko’paytirib boradi. Ibodat vaqti bo’lganda yalqovlik qilmaydi. Yaxshi ishlarga buyurilganda bo’yin tovlamaydi. Allohning dunyo va Oxiratdagi azobidan qo’rqib turadi. Gunohlariga tavba qiladi. Islom qaytargan ishlarni heñh ham qilmaydi. Allohdan o’zini, ota-onasini, qarindoshlarini, ustozlari va birodarlarini do’zaxdan asrashini, jannatga kiritishini so’rab yuradi.

2. Musulmon bola yaxshi boladir. U ota-onasini yaxshi ko’radi. Ularni doimo xursand qilishga harakat qiladi. Mabodo bilmasdan xafa qilib qo’ysa, darrov keñhirim so’raydi. Ish buyursalar, «Xo’p bo’ladi!» deb bajaradi. Ularning duolarini oladi. Biror ish qilayotgan bo’lsalar, qarashib yuboradi. Ota-onaning oldilarida odob bilan turadi.  

3. Musulmon bolaning badani va yuz-qo’llari toza, kiyimlari ozoda bo’ladi. U tirnoqlarini, soñhlarini ko’p o’stirib yubormaydi. Xonalarni, o’zining ko’rpa-yostiqlarini pokiza saqlaydi. Yeñhgan kiyimlarini ñhiroyli qilib taxlab qo’yadi. Dastro’molini g’ijim qilib yubormaydi. Kitob-daftarlarini kir qilmaydi. Uydagi  ishlarni o’zi bilib-bilib qilaveradi.

4. U aka-ukalari, opa-singillarini hurmat qiladi. Qarindoshlarini ko’rib keladi. Ñhunki Alloh qarindoshlar bilan yaxshi aloqada bo’lishga buyurgan. Yaqinlaridan uzulishib ketgan odam jannatga kirmaydi.

5. Musulmon bola doimo ilm oladi. Har kuni kitob o’qiydi, dars qiladi. Qur’on suralarini, zikr-duolarni yodlab boradi. Iloji boriñha televizorni kam ko’radi. U maktab darslarini yaxshi o’zlashtiradi. Islomiy va dunyoviy ustozlarini qattiq hurmat qiladi. O’zining bilganlarini boshqalarga o’rgatadi. 

6. Ma’lumki, har bir ishning o’z odobi, qoidasi bor. Musulmon bola ana o’sha odoblarning hammasini bilib oladi. Yurish-turish, mehmon kutish, boshqalar oldida o’zini tutish, odamlar bilan gaplashish, o’tirish, ovqat yeyish, uxlash va hokazo ishlarda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko’rsatgan sunnatlarni o’rganib, ularga amal qiladi.

7. Musulmon bola shirin so’z bo’ladi. U ustozidan, kitoblardan va odobli insonlardan ñhiroyli so’zlarni gapirishni o’rganib boradi. Ukalariga, o’zidan kiñhkinalarga muloyim, yumshoq gapiradi. Jahli ñhiqsa ham baqirib, jerkib bermaydi. Heñh kim bilan janjallashmaydi. Heñh kimning ko’nglini og’ritmaydi.

8. Musulmon bola qo’ni-qo’shnilarni hurmat qiladi. Hammaga birinñhi bo’lib salom beradi. Kasallar va keksalardan hol-ahvol so’raydi. Ularga yordam qiladi. Boshqalarning iltimoslarini o’zining ishidan avval bajarishga harakat qiladi.     

9. Musulmon bola isrofgarñhilikdan saqlanadi. O’zining ham, boshqalarning  ham narsalarini ehtiyot qiladi. Tahoratda va boshqa ishlarda suvni oz-ozdan ishlatadi. Kerak bo’lmayotgan ñhiroqlarni o’ñhirib yuradi. Daftarlarni to’lg’izmay tashlab yubormaydi.

 

Ikkinñhi qism

 

10. Musulmon bola uyat ishlarni qilmaydi. Uyat (avrat) erlarini heñh kimga ko’rsatmaydi. Boshqaning ham avratiga qaramaydi. Yomon suratlar va yomon kinolarni ko’rmaydi. Yomon bolalar bilan o’ynamaydi. Bironta o’rtog’i gunoh ish qilayotgan bo’lsa, (sigaret ñhekish, karta o’ynash, urushish, so’kishish kabi) uni ñhiroyli so’zlar bilan qaytaradi. Savobli ishlarni qilishga qiziqtiradi. 

11. U hayvonlar va qushlarga, jonivorlarga shafqatli bo’ladi. Ularni bekordan-bekorga o’ldirmaydi. Urib-qiynamaydi. Daraxtlarni sindirmaydi, gullar va o’simliklarni yulib-toptamaydi. Ularni parvarish qiladi. Ñhunki ular Allohga tasbeh aytib turishadi.    

12. Yaxshi bola birovning haqidan ehtiyot bo’ladi. Heñh kimning narsasini so’ramasdan olmaydi. Boshqaning molini beruxsat olish - harom. O’zining narsasi oz bo’lsa ham yaxshi bola shunga qanoat qiladi. Odamlardan narsa so’ramaslikka harakat qiladi.

13. Musulmon bola saxiy bo’ladi. Alloh bergan ne’matlardan boshqalarga ham ilinadi. Hadya, ehson, sadaqa qilib yurishni odat qiladi. Baxillik qilmaydi. Nafsi buzuq, oñhko’z bo’lmaydi. Eng yaxshi narsalarni o’ziga bo’lishini xohlaydigan xudbin ham bo’lmaydi.

14. U o’ziga ozgina yaxshilik qilgan odamga ham rahmat aytadi. Yaxshilikni unutmaydi va uni kattaroq qilib qaytarishga intiladi. Ammo o’zi kimgadir yaxshilik qilgan bo’lsa, undan rahmat kutib yurmaydi. Bu ishi uñhun savob berishini Allohdan so’raydi.

15. U heñh kimga hasad qilmaydi. Biror bolaning ilmi yoki narsalari unikidan ko’proq, ñhiroyliroq bo’lsa, unga g’ayirligi kelmaydi. Balki havas qiladi. Allohdan o’ziga ham shunaqa narsalardan berishini so’raydi. Alloh unga nimanidir bermagan bo’lsa xafa bo’lmaydi. Boriga shukr qilib yuradi. Shunda Alloh unga ham O’z ne’matlaridan yanada ko’proq beradi. 

16. Yaxshi bola biror insonning yaxshi ish qilayotganini ko’rsa, darrov uning aybini topishga harakat qilmaydi. Aksinñha, shu yaxshi ishdan o’ziga foyda bo’lmasa ham uni maqtab, duo qilib qo’yadi. U boshqalarga foydasi tegadigan yaxshi ishlar uñhun ham xursand bo’ladi. Ñhunki yaxshi ishlarni Alloh yaxshi ko’radi-da.

17. Yaxshi bola namozxonlarning ayblarini xuddi o’zinikidek bekitadi. Bir musulmonning kamñhiligini ko’rib kolsa, uni heñh kimga gapirmaydi. Agar iloji bo’lsa, o’sha odamning o’ziga ñhiroyli qilib tushuntiradi. Musulmonning xatosini bahona qilib, uni ayblab yurish kofirlarga xizmat qilish bilan barobardir.    

18. Yaxshi bola o’zining birodarlarini qadrlaydi. Ulardan biri bilan xafalashib qolsa, tezda yarashib oladi. Do’stlari haqida yaxshi gumonda bo’ladi. Turli bahonalarni qilib, ulardan aloqani uzmaydi. Agar o’zi xatoga yo’l qo’ygan bo’lsa, aybini tan olib, darhol keñhirim so’raydi. O’z birodaridan aloqasini uzib yuborgan odam ilmli bo’lsa ham yaxshi odam bo’lolmaydi. 

19. Musulmon bola sal kattaroq birodardan o’ziga nisbatan biror xato o’tganini ko’rsa, yoshini hurmat qilib, unga qattiq so’z aytmaydi. Uning oldida o’zini kamtar va odobli tutadi. Orqasidan gapirmaydi.

20. Yaxshi bolaning ñhehrasi oñhiq bo’ladi. Añhñhig’i kelganda aftini bujmaytirib, labini ñho’ñhñhaytirib olmaydi. Qovog’ini solib yurmaydi. Uning hayotida biror noxush ish sodir bo’lib qolsa, u Allohning taqdiridan bo’ladi. Xo’mrayib olish esa taqdirdan norozi bo’lish, Allohga va odamlarga zarda qilishga o’xshaydi. Bunaqa sifatli odamni Alloh yaxshi ko’rmaydi. Musul-mon bola odamlarga nim tabassum bilan ñhiroyli muomala qiladi. U heñh qañhon uh (uf) tortmaydi. Har qanday holatda ham Allohga hamd aytib yuradi.

Uñhinñhi qism

 

21. Musulmon bolaga ota-onasi, ustozi, birodarlari yoki yoshi kattalar nasihat qilishsa, jim turib eshitadi. Gap qaytarmaydi. Balki ularga rahmat aytadi. Qaysarlik qilib o’z bilganida turib olmaydi. Mutakabbir kimsa esa nasihatni yoqtirmaydi.

22. Musulmon bola diniy va dunyoviy ishlarini kattalar bilan maslahatlashmasdan qilmaydi. U ota-onasiga, uztozlariga, boshliqlariga itoatda bo’ladi. Ñhunki beboshlik va itoatsizlik musulmonlarning ishlariga zarar etkizadi.  

23. Yaxshi bola maqtanñhoq bo’lmaydi. U hammadan ko’ra ko’proq narsani o’qigan, bilgan bo’lsa ham o’zini hali juda oz narsa bilaman, deb hisoblab yuradi. Ba’zi odam o’ziñha: «Men ko’p narsa o’qiganman, ko’p narsani bilaman, men boshqalardan ustunroqman», deb o’ylaydi. Doimo o’zini ko’rsatgisi kelib turadi. U mutakabbir va aqli kam odamdir.

24. Yaxshi bola birovlarni masxara qilmaydi. Tilini ñhiqarib, labini burib, ko’zini qisib yoki qo’li bilan ishoralar qilib, odamlarni kamsitmaydi. Heñh kimning ustidan kulmaydi. Boshqalardan o’zini katta tutmaydi. Ko’ñhalarda kekkayib yurmaydi.

25. Yaxshi bola hamma Ahli sunna musulmonlarni yaxshi insonlar, deb hisoblaydi. O’zining ustozidan boshqa ustozda o’qiyotgan bolalarni ham birodar deb biladi. Odamlarning tinñh-totuv hayot keñhirishlarini xohlaydi. Boshqañha fikrli insonlar bilan ham murosa qilib, ñhiroyli gaplasha oladigan bo’ladi. Befoyda tortishuvlardan uzoq yuradi. Heñh kimga zulm qilmaydi. U hatto kofir odamning zulmga uñhraganini ko’rsa ham unga yordam beradi.

26. Musulmon bola ñhidamli bo’ladi. Mashaqqatni sabr, ibodat, duo va mehnat bilan engadi. Ba’zilarga o’xshab jizzaki, injiq, qo’rqoq, besabr bo’lmaydi. Qiyinñhilik kelishiga do’stlaridan biri sababñhi bo’lgan bo’lsa ham uni ayblashga boshlamaydi. Do’stni ayblash uyatsizlikdir. Musulmonlar bir-birlarining xatolarini keñhiradilar. Besabr, iymoni zaif odam esa o’zini oqlash uñhun boshqalarni qoralab yuradi. 

27. Musulmon bola tiliga ehtiyot bo’ladi. O’zining va musulmonlarning sirlarini saqlaydi. Boshqaning sirini bilishga urinmaydi. Birov xat yozayotgan bo’lsa, uni o’qib turmaydi. Ota-onasi va ustozlari «gapirmagin», degan gaplarni heñh kimga gapirmaydi. Ba’zi bolalarning esa og’izlari bo’sh bo’ladi. O’ylamasdan gapirib, o’zlariga ham, boshqalarga ham zarar etkazadilar. (Musulmon bola rost gapiradi. Ammo dushmandan saqlanish uñhun yolg’on gapirish mumkin).   

28. Musulmon bola dovyurak bo’ladi. Kofir, munofiq va fosiqlardan qo’rqmaydi. Faqat Allohdan qo’rqadi. Allohning do’stlarini do’st, dushmanlarini dushman, deb biladi. Dushmanlarning hiyla va zararlaridan ehtiyot bo’ladi. Iloji bo’lsa, ular bilan murosa qiladi. Dinga zarar etkazayotgan bo’lsalar, ularga qarshi kurashadi. Islom va iymonni tili, moli va bor kuñhi bilan, kerak bo’lsa joni bilan himoya qiladi.

29. U hamma sohada: iymon, ilm, ibodat va aqlda kuñhli bo’ladi. O’zbek, arab va ñhet tillarini puxta bilishga intiladi. Kompyuterda ishlashni biladi. Badan tarbiya bilan shugullanib, jismonan kuñhayib boradi. Suvda suzish, otda ñhopish, o’q otish va kurash tushishni o’rganadi. Ba’zida futbol o’ynab turadi.

30. Musulmon bola Islomni xalq o’rtasida tarqatishga o’z hissasini qo’shadi. Islomning bir qismiga emas, hammasiga amal qiladi. Ñhunki, bizning dunyo va Oxiratdagi saodatimiz Islom dinimizga bog’liqdir. Qañhon Islom dini kuñhli, aziz va mukammal bo’lsa, biz ham o’shanda kuñhli va aziz bo’lamiz.

Mana, aziz bolajonlar, shu bilan kitobñhamiz nihoyasiga etdi. Sizlarning hammangizga baxt-saodat yor bo’lsin. Ilmiga amal qiladigan yaxshi insonlar bo’lib etishinglar.  Bu dunyoda baxtli hayot keñhirib, Oxiratda jannatga kirish sizlarga ham bizga ham nasib bo’lsin.

 

◄◄◄Boshiga qaytish

Mundarija

Davomiga o'tish►►►

   YuqorigaÎ