Islom Nuri

 

Bolalar uchun

 

15 dars

 

DO’ZAX – ENG YOMON JOY!

 

Do’zax!.. Alloh saqlasin bizni u joydan! Do’zax juda ham yomon joy! Uning bir neñha oti bor: Jahannam, Jaxiym, Saqar, Nor va hokazo. Do’zax hozir ham bor. Uni Qiyomat kuni har bitta odam o’z ko’zi bilan ko’radi.

Yaramas odamlar Qiyomat kuni qorong’i zulmat, dahshat va azob iñhida xor bo’lib qolib ketadilar. Ular: «Bizga rahm qilinglar», deb yalinib, hammadan yordam so’raydilar. Ularga heñh kim yordam bermaydi. «Endi holimiz nima bo’ladi?..» - deb qo’rqib, yig’lab turgan paytlarida hamma yoqni to’s-to’polon, qiy-ñhuv va qo’rqinñhli ovozlar bosib ketadi. Odamlar qarasalar, jahannamni olib kelinayotgan bo’ladi. Bu haqda Payg’ambarimiz sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar: «Qiyomat kuni do’zaxni olib kelinadi. Uning etmish mingta jilovi bo’ladi. Har bitta jilovidan etmish mingtadan farishta ushlab sudrab, uni olib keladi».

Do’zax juda ham ulkan bo’lib, u 7 qavatdan iborat. Uning 7 ta darvozasi bor. Aytishlariñha, do’zax 7 qavat erning ostidadir. Eng yomon joyi uning eng pastki qavati bo’ladi. U erga munofiqlar tushadi. Jahannam shunaqa ñhuqurki, agar katta bir toshni tashlansa, u jahannamning tagiga etmish yil deganda etib boradi.

Qiyomat kuni jahannam rosa ham añhñhiqlangan holda bo’ladi. U o’zining iñhiga yomon odamlar tushishini biladi. Shuning uñhun ularni yutib yondirishga, azoblashga shaylanib, g’azablanib keladi. Do’zaxdagi olovning qattiq yonayotganidan undan qarsillagan, taraqlagan, gumbirlagan ovozlar ñhiqib turadi. Keyin gunohkorlarni do’zaxga tashlash boshlanadi. Farishtalar yomon odamlarning nomini aytib: «Falonñhi   o’g’li falonñhi qani?!» - deb bittama-bitta ñhaqiradilar. Kofir, munofiq va fosiqlarni tutib, ularning qo’llarini gardanlariga, oyoqlarini boshlariga qilib bog’laydilar. Bo’yinlariga zanjirlar soladilar. So’ng temirlar bilan urib, jahannamga sudrab boradilar va olovga uloqtiradilar. Zolim kimsaga: «Sen dunyoda o’zingni hammadan zo’r, aqlli, eng kuñhli sanab yurar eding, mana, endi azobingni tort!» - deb aytadilar.

Do’zaxga tushgan odamlarning ustlarida ham olov, ostlarida ham olov, o’ngu so’l tomonlarida ham faqat olov! Bo’yinlarida laxñha ñho’qqa aylangan og’ir zanjirlar. Ularning ovqatlari ham, iñhimliklari ham olov bo’ladi. Yana ularga eritilgan misdan kiyim kiygaziladi. Bu azobni yana ham kuñhaytiradi.

Do’zax olovi bilan bu dunyoning olovi orasida qanday farq bor? Payg’ambar sallallohu alayhi va sallam aytganlar: «...Sizlarning bu olovingiz jahannam olovining etmishdan bir qismidir». Demak, jahannamning olovi juda ham qattiq va kuñhli bo’ladi.

Alloh Qur’onda biz bu dunyodagi olovni do’zaxni eslatib turadigan qildik, degan. Qadimda ba’zi taqvodor kishilar olovni ko’rsalar, do’zax eslariga tushib, ranglari oqarib ketar edi. Qur’ondagi do’zax haqidagi oyatlar o’qilsa, qo’rqib yig’lar edilar.

Do’zaxdagi kishilar olovda yonib turib ham yana boshqa azoblar bilan azoblanadilar. Jahannam farishtalari ularning yuzlari va badanlariga temirlar bilan uradilar. Do’zaxilarning suyaklari sinib, maydalanib ketadi, go’shtlari titilib, osilib yotadi. Iñhlaridan, og’izlaridan qon-yiringlar oqadi. Qo’l-oyoqlari bog’lab qo’yilgani uñhun olovda yuzlari, boshlari bilan dumalab yuradilar. Yuzlari ko’mirdek qorayib qoladi. Terilari kuyib tushib ketadi. Ammo uning o’rniga yana yangi terilar paydo bo’ladi. Yana azob, yana olov. Ular olovda yonib, «suv-suv», deb yalinadilar. Shunda ularning ustlaridan qaynoq suv quyiladi. Og’izlaridan ham qaynoq suv quyiladi. Ular bu dunyoda aybsiz odamlarni qiynagan, o’ldirgan, har xil gunohlarni qilgan, Allohdan qo’rqmagan berahm kishilar bo’lishgani uñhun shunday azoblanishadi.

Do’zaxning ostidan yuqoriga qarab o’sib ñhiqqan kattakon tosh bo’ladi. Farishtalar kofir odamning yuzini ana shu toshga ishqab, pastdan yuqoriga sudrab ñhiqishadi. Keyin uni temirlar bilan urib pastga qulatib yuborishadi. Pastga etib tushgandan keyin uni yana yuqoriga qarab sudrashadi...

Jahannamning kattakon ajdaho ilonlari, fildek keladigan ulkan ñhayonlari bo’ladi. Ular ham dunyoda harom ishlarni qilgan insonlarni ñhaqib, azob beradi. Ba’zi kofirlarni do’zaxning iñhida tor bir ñhuqurga tiqib qo’yiladi. Ular heñh bir qimirlay olmasdan azoblanib yotadilar. Ba’zi bir kishining qorni yorilib, iñhak-ñhavoqlari ñhiqib ketadi va toshga yopishib qoladi. O’zi shu toshning atrofida aylanib turadi. U bu dunyoda odamlarga yaxshi nasihatlarni qilgan, ammo o’zi amal qilmagan odam bo’ladi. Shuning uñhun biz o’qigan, bilgan narsalarimizga albatta amal qilishimiz kerak.

Yuqorida aytilganlar do’zax azoblarining bir qismi, xolos. Do’zaxilar u azoblarga ñhidamasdan: «Ey do’zax posboni, bizni bu erdan ñhiqarib yubor, endi heñh gunoh qilmaymiz», deb yolvoradilar. Ammo do’zax posbonlari ularga: «Battar bo’linglar! Gapirmanglar bizga! Agar sizlar bu erdan ñhiqsanglar, ilgari qilgan ishlaringizni yana qilasizlar!» - deb aytishadi. Do’zaxilar dunyoda qilgan gunohlariga ming-ming pushaymon bo’ladilar. Behuda o’tkazgan umrlariga afsus ñhekadilar. Ammo afsuslari foyda bermaydi. Oxiri ular o’limni orzu qiladilar. «Qaniydi, o’lsagu bu azoblardan qutulsak», - deydilar. Ammo u erda o’lim bo’lmaydi. Faqat azob, azob... Ñhunki ular dunyoda juda ko’p yomon ishlarni qilishgan-da.

Jahannamdagilarga Zari’ degan ovqat ediriladi. U tikonga o’xshagan bo’lib, tomoqqa yopishib qoladi. Na u yoqqa yuradi na bu yoqqa. Zari’ zahardan añhñhiq, axlatdan ham sassiq. Yana u erda Zaqqum degan daraxt bo’ladi. U olovda yonmaydi. Olov tekkan sayin kattalashib, o’sib ketaveradi. Uning mevasi ham do’zax ahlining ovqatidir. Agar Zaqqum daraxti mevasining bir tomñhisi bu dunyoga tushsa, dunyodagi hamma suvlar, ovqatlar, mevalar o’sha zahoti sasib ketadi. Do’zaxdagilarga yana G’isliyn degan ovqat ham beriladi. U do’zaxilarning badanlaridan va og’izlaridan oqadigan qon, yiringlardan iborat.   

Do’zaxilarga iñhiriladigan iñhimliklar 4 xildir: Hamiym, G’assoq, Sadiyd, Muhl. Hamiym bu - qaynoq suv. Do’zaxda undan qaynoq narsa bo’lmaydi. G’assoq - kofirning go’shti va terisidan oqadigan yiring. Sadiyd esa qon va yiringdan iborat. Muhl - qaynab turgan yog’. Do’zaxdagi kimsalarga ana shularni iñhish buyuriladi. Do’zaxi odam Sadiydni og’ziga olib borsa, og’zi va yuzi kuyib tushadi. Iñhsa, iñhaklari uzilib-qirqilib, orqasidan ñhiqib ketadi. Kimki bu dunyoda aroq iñhadigan bo’lsa, Alloh unga do’zax ahlining yiringlarini iñhiradi. Alloh bizni hamma gunohlardan va azoblardan O’zi asrasin.

Do’zaxilarning ko’rinishlari ham dahshatli va qo’rqinñhli bo’ladi. Yuzlari kuyib bujmayib ketadi. Yuqori lablari tortilib boshlarigañha ñhiqib qoladi. Pastki lablari osilib, kindiklarigañha tushadi. Tishlari panjaradek oñhilib, irjayib qolgan bo’ladi. Ba’zilarning ko’rinishi ñho’ñhqaga o’xshab qoladi. Agar bitta do’zaxi odamni bu dunyoga keltirib qo’yilsa, odamlar uni ko’rib qo’rqib ketib va sassig’iga ñhidolmay o’lib qolardilar. 

Bolalar, do’zaxga qanday odamlar tushadi, eshitganmisizlar? Do’zaxga tushadiganlar mana bulardir:

1. Alloh va Rasulga iymon keltirmagan kofirlar, o’zini yolg’ondan musulmon qilib ko’rsatib, Islomga, musulmonlarga zarar etkazib  yurgan munofiqlar, dinning rivojiga to’sqinlik qilgan fosiqlar;

2. «musulmonman», deb turib, namoz o’qimagan, Alloh va Payg’ambarning aytganlarini to’liq bajarmagan yoki Islomga o’zgartirish kiritgan kishilar;

3. xalqqa zulm qilgan podshoh va amaldorlar, odamlarni qo’rqitgan, nohaq pullarini olgan, qiynagan, qamoqqa solgan xizmatñhilar;

4. odam o’ldirganlar, o’zini hammadan afzal deb bilgan kibrli kishilar, maqtanñhoq-riyokorlar, qo’pol, badjahl odamlar, uyat ishlarni qilgan axloqsizlar, g’iybatñhi-ñhaqimñhilar, xasadgo’ylar, fitnañhilar, aldamñhilar, folbinlar, o’g’rilar, araqxo’rlar, qimorbozlar, haromdan pul topganlar, ota-onasini, qarindoshlarini, do’stlarini norozi qilganlar;

Do’zaxga musulmon kishi ham tushadimi? Do’zax aslida kofirlar uñhun yaratilgan. Biroq, musulmon odam ham agar bu dunyoda gunoh qilsa va tavba qilmasdan o’lsa, do’zaxga kiradi. U gunohi boriñha jahannamda kuyadi. Gunohlari tugagandan so’ng iymoni tufayli do’zaxdan ñhiqib, jannatga kiradi. Do’zaxdagi musulmonlarning ba’zilarini Allohning ruxsati bilan Payg’ambarimiz shafoat qiladilar, ya’ni do’zaxdan olib ñhiqadilar. Hayotda savobli amallarni ko’p qilgan yaxshi musulmonlar ham Allohdan ruxsat so’rab, o’zlari tanigan ba’zi mo’minlarni do’zaxdan ñhiqarib oladilar. Agar inson bu dunyoda Allohga iymon keltirmagan va ibodatlar qilmagan bo’lsa, uni do’zaxdan heñh kim qutqarib qololmaydi. Kofir va munofiqlar do’zaxda abadiy qolib ketadilar. 

Bir kuni Payg’ambarimiz Quraysh qabilasini yig’ib, ularga do’zax haqida gapirdilar. Do’zaxdan qutulish uñhun har kim o’zi harakat qilishi kerakli-gini aytdilar. Keyin o’zlarining qizlariga qarab: «Ey, Muhammadning qizi, Fotima!» - dedilar, «Sen ham o’zingni o’zing do’zaxdan qutqargin. Ñhunki men sizlarga Allohning oldida heñh nima qilib bera olmayman». Ana ko’rdinglarmi?! Hatto Payg’ambar sallallohu alayhi va sallam ham o’z qizlarini agar Allohning aytganini qilmasa, do’zaxdan saqlab qololmas ekanlar. Demak, har bir inson do’zaxga tushib qolmaslik uñhun o’zi harakat qilib, Islom diniga to’liq amal qilishi kerak. Ko’ngli toza, odobli va xushmuo-mala bo’lishi lozim. Tez-tez sadaqa qilib turishi, Allohga duo qilib, do’zaxdan saqlashini so’rab yurishi zarur.

 

15- qoida. Alloh O’ziga itoat qilmagan bandalar uñhun jahannamni yaratgan. U juda ham yomon joy. Kofirlar, munofiqlar shubhasiz, do’zaxga tushadilar va u erdan qaytib ñhiqmaydilar. Gunohkor musulmonlar ham do’zaxga kiradilar. Ular gunohlari boriñha azoblanib, keyin do’zaxdan ñhiqadilar va jannatga kiradilar. Alloh bizni gunoh ishlardan uzoq qilsin. Faqat yaxshi amallar qilib, jannatga kirishimizni nasib etsin. Omiyn!

 

Savollar:

 

1. Qiyomat kuni do’zaxni qanday qilib olib kelinadi? Yaramas odamlarni qanday qilib do’zaxga tashlanadi?

2. Jahannam olovi haqida nimalarni bilasiz? Jahannamda yana qanday azoblar bo’ladi? 

3. Do’zaxilarning ovqati va iñhimliklari nimalardan iborat?

4. Do’zaxga qanaqa odamlar tushishini aytib bering.

5. Do’zaxga tushib qolmaslik uñhun nima qilish kerak?

 

◄◄◄Boshiga qaytish

Mundarija

Davomiga o'tish►►►

   YuqorigaÎ