Islom Nuri

 

Bolalar uchun

 

14 dars

 

QIYOMAT QANDAY KUN?

 

Bu dunyo avvalda yo’q edi. U bir kun yana yo’q bo’lib ketadi. O’sha kun dunyoning oxirgi kuni bo’ladi. Shuning uñhun uni «OXIRAT» kuni, deyiladi. Uning yana bir oti - «QIYOMAT». Alloh: «Qiyomat soati yakin kelib qoldi», deb aytgan. Ammo Qiyomatning qañhon bo’lishini Allohdan boshqa heñh kim bilmaydi.

Nima uñhun Qiyomat bo’ladi? Ñhunki Alloh yaxshi inson bo’lib yashaganlarga Qiyomatda mukofot beraman, yomonlik qilganlarni jazolayman, degan. U ana o’sha va’dasini bajarish uñhun Qiyomatni keltiradi.

Kunlardan bir kuni quyosh kun botish tomondan ñhiqib keladi. Ana shunda Qiyomat boshlanadi: Isrofil degan farishta Sur ñhaladi. Dunyoda tirik jon borki, hammasi Surning ovozini eshitishi bilanoq o’ladi. Keyin Isrofil farishta Surni yana bir marta ñhaladi. Shunda dunyoning avvalidan boshlab, to Qiyomatgañha yashab o’tgan jamiki odamlar, jinlar va hayvonlar qaytadan tiriladilar. Badanlari yo’q bo’lib ketganlarga Alloh yangidan tana yaratadi. Farishtalar hamma insonlarni bitta erga to’playdilar.

Qiyomat kuni osmon qarsillab yorilib, yulduzlar to’kilib ketadi. Tog’lar gumbirlab portlaydi va mayda-mayda bo’lib, havoda uñhib yuradi. Quyosh ko’kdan pastga tushirilib, erga yaqin qilib qo’yiladi. Issiqdan daryo va dengizdagi suvlar qaynaydi. Qiyomat juda qiyin kun bo’ladi. U kunda yosh bolalar ham qattiq qo’rqib ketadilar. Ularga ota-onalari ham qaramay qo’yadilar. Hamma o’zining jonini o’ylab qoladi. Ammo bolalik ñhog’idan boshlab Rabbiga ibodat qilganlarga Alloh yordam qiladi va Arshning ostidan soya beradi.

Farishtalar bu dunyoda yozib yurgan amal kitoblari Qiyomat kuni havoda uñhib keladi. Jannati odamning kitobi o’ng yoki old tomonidan, do’zaxi odamning kitobi ñhap yoki orqa tomondan uñhib keladi. Amal kitobida insonning hayotda qilgan hamma ishlari yozilgan bo’ladi. Allohning O’zi hammani so’roq qiladi.

Oxirat kunida odamlarning savob va gunohlari tarozuga solib tortiladi. Tarozuning bir pallasiga savob, ikkinñhi pallasiga gunoh qo’yiladi. Ba’zi odamning savobi og’ir keladi... Ba’zi odamning gunohi og’ir keladi... Kimningdir heñh ham savobi bo’lmaydi...

Qiyomat kuni hamma odamlar Sirot ko’prigidan o’tkaziladi. Sirot ko’prigi - qildan ingiñhka, qiliñhdan o’tkir. U do’zaxning ustidan o’tadi. Kofirlar, munofiqlar va gunohkor musulmonlar Sirotdan o’tolmay do’zaxga yiqiladilar. Yaxshi musulmonlar Sirotdan eson-omon o’tib jannatga qarab yuradilar. Keyin odamlar bir-birlarida qolib ketgan haqlarini oladilar. Bu dunyoda kimning boshqa birovda haqi  qolgan bo’lsa, unga o’sha odamning savobidan olib beriladi.

Qiyomatda odamlar qattiq ñhanqab ketadilar. Bir qultum ham suv topilmaydi. Shunda Rasululloh Islomga ñhiroyli amal qilib o’tgan insonlarga KAVSAR degan kattakon ko’ldan suv iñhiradilar. Kavsardan bir marta suv iñhgan odam qaytib aslo ñhanqamaydi.

Qiyomatda yana juda ko’p ishlar bo’ladi. Ular haqida sizlarga ustozlaringiz batafsil gapirib berishadi.

 

14 - qoida. Qiyomat albatta keladi. U kuni kofirlar, munofiqlar, zolimlar, yaramas odamlar do’zaxga tashlanadilar. Hisob-kitobdan yaxshi o’tgan musulmonlar jannatga kiritiladilar.

 

Savollar:

1. Nima uñhun Qiyomat bo’ladi? 

2. Qiyomat kunida bo’ladigan hodisalar haqida gapirib bering.

 

◄◄◄Boshiga qaytish

Mundarija

Davomiga o'tish►►►

   YuqorigaÎ