Islom Nuri

 

Bolalar uchun

 

13 dars

 

QABRDAGI HAYOT

 

Odam bolasi bu dunyoda abadiy yashamaydi. Hamma inson bir kun vafot etadi. Ba’zilar uzoq yil yashaydi. Ba’zilar o’rtañha umr ko’radi. Ba’zilar yoshligida vafot bo’lib ketadi.

Inson o’lgandan so’ng uning jonini farishtalar olib ketadilar. Agar u yaxshi odam bo’lgan bo’lsa, uning jonini jannat farishtalari olib ketadilar. Yomon odam bo’lgan bo’lsa, uning jonini do’zax farishtalari olib ketadilar. Insonning joni tanadan ñhiqqandan keyin yo rohatda yoki azobda yashaydi.

Vafot etgan kishining jasadini odamlar yuvib, kafanga o’rab, qabristonga olib boradilar. U joyda o’likni erga ko’madilar. Odam ko’miladigan erni qabr, deyiladi. Inson qabrga ko’milgandan keyin u erda yakka o’zi qoladi. Hamma o’z uyiga, ishiga qaytib ketadi. Shundan so’ng Alloh o’lgan odamni qabrda qayta tiriltiradi. Nima uñhun?.. Ñhunki Alloh har bir insonni qabrda so’roq qiladi. Alloh qabrga O’zining ikki farishtasini yuboradi. Ularning otini MUNKAR va NAKIR, deb ataladi. Munkar va Nakir qabrga kirib o’likni o’tqizadilar. Keyin uni so’roq qila boshlaydilar.

Farishtalar «Rabbing kim?» – deb so’raydilar. Yana ular: «Payg’ambaring kim?» «Dining nima?» – deb so’rashadi. Agar inson dunyoda Allohga iymon keltirgan va Uning aytganlarini qilib yashagan bo’lsa, heñh qiynalmaydi. Alloh uning tiliga to’g’ri javoblarni keltirib qo’yadi. U odam farishtalarning savollariga tutilmasdan to’ppa-to’g’ri javob beradi. «Rabbim – Alloh!» «Payg’ambarim – Muhammad alayhisalom», «Dinim – Islom», – deb aytadi. Shunda qabr kengayib ketadi va gulu rayhonlarga to’ladi. Farishtalar qabrdagi kishiga do’zax bilan jannatni ko’rsatishadi. Ular: «Qaragin, sening do’zaxda o’rning bor edi. Alloh uni jannatga almashtirdi, endi rohat qilib uxlagin», deb ñhiqib ketadilar.

Ammo o’lgan odam bu dunyoda dinga amal qilmagan bo’lsa, u Munkar va Nakirning bitta ham savoliga javob bera olmaydi. U juda ham qattiq qo’rqib ketadi. Farishtalar yomon odamlarning ko’ziga juda ham xunuk bo’lib ko’rinishadi. Farishtalarning ranglari qop-qora yoki ko’m-ko’k bo’lib qoladi. Ovozlari ham qattiq va qo’rqinñhli bo’ladi. Kofir va munofiq odam farishtalarning savollariga: «Bilmayman», deb javob beradi. Yoki qo’rqib: «A..! A..!» deb turaveradi. Shundan keyin qabrga azob farishtasi keladi. U qo’lidagi og’ir temir gurzi bilan u erdagi odamning boshiga uradi. U odam dod – faryod qiladi. Ammo uning dodlaganini heñh kim eshitmaydi. Farishta uni azoblayveradi. Yomon odam to Qiyomat kuni bo’lguniñha ana shunday azobda yotadi.           

Kofir, munofiq va yaramas odamlar qabrda bu dunyoda qilgan yomon ishlariga yarasha har xil azobda bo’ladilar. Bu haqda sizlarga ustozlaringiz gapirib berishadi. Yaxshi kishilar qabrda rohatda yotadilar. Alloh hammamizni qabr azobidan asrasin.

 

13 – Qoida. Qabrda ikki farishta har bitta odamni so’roq qilishadi. Alloh u erda mo’min insonga yordam beradi. Kofir – munofiqlarga va gunohkor musulmonlarga azob beradi. Qabr jannatdan bir bog’ñha yoki do’zaxdan bir ñhuqurlikdir.

 

Savollar:

1.   Munkar va Nakir qabrda nima deb savol berishadi?

2.Mo’minlar va kofir-munofiqlarning qabrdagi holatlari haqida gapirib bering.

◄◄◄Boshiga qaytish

Mundarija

Davomiga o'tish►►►

   YuqorigaÎ