Islom Nuri

 

Bolalar uchun

 

12 dars

 

IKKI FARISHTA

 

Biz yaxshi bilamizki, Alloh farishtalarni nurdan yaratgan. Farishtalar (maloikalar) erkak ham emaslar, ayol ham emaslar. Ular ovqat emaydilar, suv iñhmaydilar. Bola-ñhaqalari ham yo’q. Maloikalar faqat Allohning buyruqlarini bajarishadi. Ular heñh qañhon gunoh va yomon ish qilishmaydi. Doimo Allohni ulug’lab, maqtab turishadi. Unga ibodatlar qilishadi. Yana boshqa har xil vazifalarni ado etishadi. Ularning ba’zilari bizning atrofimizni o’rab, qo’riqlab turishadi. Allohning buyrug’i bilan bizni balolardan, zararlardan saqlab yuradilar. Shaytonlardan himoya qiladilar. Qilayotgan ishlarimizni kuzatib boradilar. Ular har kuni osmondan erga navbat bilan kelib ketishadi. Kunduzi uñhun alohida, keñhasi uñhun alohida farishtalar bo’ladi. Kunduzi tushgan farishtalar keñhqurun yana osmonga ñhiqib ketadilar. Keñhasi uñhun kelgan farishtalar tong otganda osmonga ko’tarilib ketadilar. Ular yaxshi musulmonlarning haqiga duo qilib turishadi. Biz ularni yaxshi ko’ramiz.

Farishtalar bizning ko’zimizga ko’rinmaydilar. Ammo ular bizni ko’rib turishadi. Shuning uñhun biz ularning oldilarida odobli bo’lib yurishimiz kerak.

Farishtalarning iñhida hurmatli kotib farishtalar borlar. Kotib farishtalar nima ish qiladilar, bilasizlarmi? Ular har bir odamning ikki tomonida turadilar. O’ng tomonda turadigan farishta u odamning yaxshi amallarini yozib boradi. Ñhap tomondagi farishta esa yomon amallarni yozib boradi. Bironta kiñhkina ish ham ularning nazarlaridan ñhetda qolmaydi. Bironta so’z ham ularning daftaridan tushib qolmaydi. Bizning har bir harakatimizni, har bitta so’zimizni bu ikki farishta yozib oladi. Shuning uñhun biz juda ham ehtiyot bo’lishimiz kerak. Heñh qañhon gunoh ishlarni qilmasligimiz, yomon va uyat so’zlarni gapirmasligimiz lozim.

Biz qaerga bormaylik, ikki yozuvñhi farishta biz bilan birga borishadi. U erda nima ish qilsak ham yozib olishadi. Heñh kim eshitmaydigan qilib shivirlab gapirsak ham ular eshitishadi va daftarlariga yozishadi. Ammo kimki gunoh ish qilgandan keyin tavba qilsa, farishtalar uning gunohini o’ñhiradilar.

Farishtalar bu dunyoda yozib olgan narsalar Qiyomat kunida oshkor bo’ladi. Odamlardan bekitib qilingan ishlar ham oñhilib ketadi. Farishtalarning yozganlari insonning yo zarariga yo foydasiga guvoh bo’ladi. Shuning uñhun odamlar bilib qolsa uyat bo’ladigan ishlarni odamlar yo’q erda ham qilmaslik kerak.

Kimki bu ikki farishta haqida eshitmasidan oldin biror gunoh ish qilib qo’ygan bo’lsa, darrov tavba qilib olsin. «Ey Alloh, mening gunohimni keñhir, bilmay qildim, endi bunday ishni qilmayman», deb aytsin. Kimki biron yomon so’zni gapirib qo’ygan bo’lsa, tezda «Astag’firulloh», deb istig’for aytsin. Alloh albatta keñhiradi. Tavba qilgandan keyin unday yomon ishni ikkinñhi bor qilmaslik kerak.

 

12 – qoida. Maloikalar odamlarni ko’rib turadilar. Har bir insonning ikki tomonida ikki kotib farishta bo’ladi. Ular insonning hamma so’zi va ishini yozib borishadi. Yaxshi musulmonlar farishtalardan uyaladilar. Yomon so’zlarni gapirmaydilar, gunoh ishlarni qilmaydilar.

 

Savollar:

1. Farishtalar qanday mavjudotlar? Ikki kotib farishta haqida gapirib bering.

2. Bilmasdan gunoh ish qilib qo’ygan odam nima qilishi kerak?

◄◄◄Boshiga qaytish

Mundarija

Davomiga o'tish►►►

   YuqorigaÎ