Islom Nuri

 

Bolalar uchun

 

11- dars

 

ALLOH – MUSULMONLARNING  DO’STI

 

Alloh bu dunyoni yaxshi odamlar uñhun yaratgan. Odamlarni esa  Allohga ibodat qilib, yaxshi ishlarni bajarishlari uñhun paydo qilgan. Alloh: «Men jin va insonlarni faqat Menga ibodat qilishlari uñhun yaratdim», - degan. Yaxshi odamlar bu dunyoda Allohga iymon keltirib, musulmon bo’ladilar. Ilm oladilar, namoz va Qur’on o’qiydilar. Mehnat qiladilar. Hammaga yaxshilik qilib yuradilar. Ana shunda yer yuzi obod bo’ladi. Shahar va qishloqlar gullab-yashnaydi. Shuning uñhun Alloh musulmonlarni yaxshi ko’radi. 

Alloh musulmonlarning do’stidir. U musulmonlarga doimo yaxshilik qiladi. Duo qilsalar, duolarini qabul qiladi. Yordam so’rasalar, yordam beradi. «Bizni zolimlardan qutqar!» – deb harakat qilsalar, qutqaradi. Kasal bo’lib qolib, shifo so’rasalar, shifo yuboradi. Vafot etsalar, jannatga olib kiradi.

Musulmonlar qiyin ahvolga tushib qolsalar, sabr qiladilar. Allohdan yaxshi kunlarni so’rab mehnat qiladilar. Ular: «Bu qiyinñhiliklarga Alloh uñhun sabr qilamiz, yaxshi kunlar kelishi uñhun Alloh aytganidek harakat qilamiz», – deydilar. Shunda Alloh ularga savob yozib qo’yadi va yaxshi kunlarni beradi.

Agar musulmonlar yaxshilikka yetishsalar, Allohga shukr qiladilar. «Bu yaxshiliklarni bizga Alloh berdi», deydilar. Buni eshitib Alloh ularga yana savob yozdirib qo’yadi. Qarang, musulmon bo’lish qanday yaxshi-a! Kofirlarga esa bunaqa yaxshiliklar yo’q. Ñhunki ular Allohga iymon keltirmaydilar. Alloh ham ularga savob yozmaydi. Alloh kofirlarga yaxshi narsalarni bersa, ular: «Buni o’zimiz topdik, biz zo’rmiz-da!», – deb o’zlarini o’zlari maqtaydilar. Allohni eslamaydilar. Biron baloga uñhrab qolsalar, o’zlarining yomonliklaridan emas, birovlardan ko’radilar.    

Alloh bu dunyoda O’zining do’stlari - musulmonlarni sinab ko’radi. Ularga ba’zida ofatlar yuboradi. Ba’zida ularning ustlariga O’zining dushmanlari – kofirlarni yuboradi. Mana shularga qarshi kurashinglar, o’zingizni va Allohning dinini himoya qilinglar! – deb aytadi. U: «Agar Allohga yordam bersangizlar, Alloh ham sizlarga yordam beradi!..» –  degan. Musulmonlar o’zlarining do’stlari bo’lgan Allohga, ya’ni, Uning diniga yordam beradilar. Ñhunki inson o’zining do’stiga yordam berishi kerak-da, to’g’rimi?! Ana shundan keyin Alloh ham musulmonlarga yordam beradi. Ularni dushmanlar ustidan g’olib qilib qo’yadi. Ularga katta-katta savoblar yozadi va oxirida mukofotlar beradi.

Alloh O’zining do’stlarini hamma tomonlama kuñhli bo’lishlarini xohlaydi. Musulmonlar eng avval iymonda, ilmda va odobu axloqda kuñhli bo’lishlari kerak. Keyin boshqa ishlarda ham kuñhli bo’lishlari lozim.  Shunda ular Allohning diniga yordam bera oladilar. Ana shunda Alloh ham ularga eng birinñhi o’rinda yordam beradi.  Kuñhsiz musulmonlarga esa keyin yordam beradi.

 

11 – Qoida. Alloh - musulmonlarning do’sti. U kuñhli musulmonlarni ko’proq yaxshi ko’radi. Musulmon bolalar hamma tomonlama kuñhli bo’lishlari kerak. Ular eng birinñhi ilm olishga qattiq kirishadilar. O’qiganlariga amal qiladilar.

 

Savollar:

1. Alloh musulmonlarga qanday yaxshiliklar qiladi? Ularni qanday qilib sinaydi?

2. Alloh nima uñhun kuñhli musulmonlarni ko’proq yaxshi ko’radi?

◄◄◄Boshiga qaytish

Mundarija

Davomiga o'tish►►►

   YuqorigaÎ