Islom Nuri

 

Bolalar uchun

 

10 - dars

 

ISLOM QANDAY DIN?

 

   «Allohning nazdida xaqiqiy din Islomdir». Bu so’zni kim aytgan, bilasizlarmi? Buni Qur’onda Alloh aytgan. Shundan bilamizki, ISLOM bu dunyodagi eng to’g’ri dindir. Alloh dunyodagi hamma odamlarni Islomga kirishga va uni o’rganishga buyurgan.

   Islomga kirish uńhun nima qilish kerak? Islomga kirish uńhun eng avval Alloh va Rasulullohga iymon keltirish lozim. Iymon keltirganda ńhin dildan: «La ilaha illallohu Muhammadur rasululloh», deb aytiladi. Buning ma’nosi: «Allohdan boshqa xudo yo’q, Muhammad Uning elńhisidir», degani bo’ladi. Islom diniga kirgan odamni MUSULMON, deyiladi.

   Islomni bizga Allohdan Muhammad sallallohu alayhi va sallam olib kelganlar. Avvaldagi payg’ambarlarga yuborilgan din ham Islom bo’lgan. Ammo Muhammad sallallohu alayhi va sallam tug’ilgan paytlarida Islom odamlarning esidan ńhiqib ketgan edi. Ko’pńhilik kishilar tosh va yog’ońhdan yasalgan butlarga ibodat qilishar edi. Shundan keyin Alloh Muhammad sallallohu alayhi va sallam orqali bu dunyoga yangidan Islom dinini yubordi. Islomning qoidalarini Qur’onda tushuntirib berdi. Ba’zi qoidalarni esa Payg’ambarimiz o’zlarining hadislarida aytib berdilar. Hadislarni ham Rasulullohning qalblariga Allohning O’zi solib qo’ygan.

      Payg’ambarimiz o’zlari arab millatidan bo’lganlar. Biroq, Islom faqat arablar uńhun kelgan emas. Islomga kirgan odam qaysi xalqdan bo’lsa ham musulmon bo’laveradi. O’zbeklar ham, qozoqlar ham, qirg’iz va tojiklar ham, xatto o’rislar ham Islomga kirsalar, bir xilda musulmon bo’ladilar. Alloh: «Mo’minlar bir-birlari bilan aka-ukadirlar», - degan. Musulmonlar qaysi tilda gaplashsalar ham bir-birlari bilan birodar bo’ladilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Hammangiz Odam zurriyotidansiz. Odam esa tuproqdan yaratilgan», - deganlar. Shuning uńhun Islomga kirgan odamlar o’zlarini bir-birlaridan ustun qo’ymaydilar. Ular doimo inoq va do’st bo’lib hayot keńhiradilar.

   Islomda yaxshi ishlar qilishni SAVOB, yomon ishlar qilishni GUNOH, deyiladi. Savob ish qilgan odamni Alloh yaxshi ko’radi. Unga katta-katta mukofotlar beradi. Gunoh qilgan odamni Alloh yomon ko’radi va agar tavba qilmasa, uni azoblaydi.

   Alloh va Payg’ambarimiz: «qilmanglar!» degan ishlar HAROM ishlardir. Odam o’ldirish, o’g’irlik qilish, qimor o’ynash, uyat ish qilish, aroq ińhish, janjallashish, urushish, bir-birini xafa qilish – harom! Ńho’ńhqa, it, eshak kabi hayvonlarning go’shtini eyish ham haromdir. Harom ishlarni qilish - gunoh!

   Islom bo’ysunish, degan ma’noni bildiradi. Islomga kirgan odam Allohga va Uning rasuliga so’zsiz bo’ysunadi. Islom 5 ta narsa ustiga qurilgan: Iymon keltirish, namoz o’qish, ro’za tutish, zakot berish, haj qilish. Bularni FARZ, deyiladi. Farz deb Alloh buyurgan ishlarga aytiladi. Farzlarni bajarib yurgan kishilar Allohdan savob-mukofot oladilar. Bajarmaganlar gunohkor bo’ladilar. 

 

10 – qoida. Islom eng to’g’ri dindir. Islom Allohga ibodat qilishga, ota-onani roziligini olishga, kattalarni hurmat qilishga, kińhiklarga mehribon bo’lishga buyuradi. Musulmonlar bir-birlari bilan aka-uka va inoq bo’lib yashaydilar.

 

Savollar:

1. Islom nima degani? U qanday din? 

2. Farz, savob, gunoh, harom nima degani? Bularga misollar keltiring.  

◄◄◄Boshiga qaytish

Mundarija

Davomiga o'tish►►►

   YuqorigaÎ