NUHNING KEMASI

 

 

1 - Odamdan so`ng

Alloh ta`olo Odamning zurriyotiga baraka berdi. Ularning ichida ko`plab e`rkaklar va ko`plab ayollar bor e`di.

Odamning zurriyotlari Yer yuziga tarqalib, ko`paydilar.

Odam qaytib kelsa e`di, zirriyotlarini taniy olmas e`di.

Agar unga: “E`y, Odam, bular sizning zurriyotingiz”- deyilsa, U hayron bo`lar va: “Subhonalloh, bularning hammasi mening farzandlarim va zurriyotimmi?!”- degan bo`lar e`di.

Odam zurriyotining ko`p qishloqlari bor e`di. Ular ko`p uylar qurgan e`dilar.

Ular yer haydab, e`kin e`kib kun kechirishar e`dilar.

Odamlar otalari Odamning dinida bo`lib, Alloh ta`ologa ibodat qilishar va Unga biron narsani sherik qilmas e`dilar!

Odamlar bir Ummat e`dilar: otalari Odam va robbilari Alloh e`di.

 

2 – Shaytonning hasadi

Iblis va uning zurriyoti bunga qanday rozi bo`lsin? Odamlar qachongacha Alloh ta`ologa ibodat qiladilar?!

Odamlar qachongacha bir-birlari bilan ittifoq va o`rtalarida kelishmovchilik bo`lmay yagona xalq bo`lib yashaydilar?!

Buning bo`lshi mimkin e`mas! Buning bo`lishi mumkin e`mas!

Odamning zurriyotlari jannatga, iblis va uning zurriyotlari jahannamga kirsinmi?!

Yo`q, buning bo`lishi mumkin e`mas! Buning bo`lishi mumkin e`mas!

Zero, iblis Odamga sajda qilmadi va Alloh uni o`z dargohidan quvdi hamda la`nat qildi.

Iblis buning e`vaziga Odamning zurriyotlaridan qasos olib, ular ham Iblis bilan birga jahannamga kirmasinlarmi?!

Albatta, shunday bo`lishi kerak! Albatta, shunday bo`lishi kerak!

 

3 – Shaytonning fikri

Shayton odamlarni butlarga ibodat qilishlari va o`zi bilan birga jahannamga kirib, jannatga kirmasliklari uchun da`vat qila boshladi.

Shayton Alloh ta`olo shirk (Alloh ta`ologa sherik qilinishi)ni kechirmasligini, undan boshqa gunohlarni hohlasa kechirishini juda yaxshi bilar e`di.

Shuning uchun ham Shayton odamlarni shirk gunohini qilishga va undan keyin jannatga hech ham kirmasliklari uchun da`vat e`tmoqchi bo`ldi.

Buni qanday amalga oshirish mumkin?! Axir odamlar Alloh ta`oloning o`zigagina ibodat qila- yaptilar-ku!!

Agar Shayton odamlarning oldiga borib: “Allohga ibodat qilmay, butlarga ibodat qilinglar!”- deb aytsa, odamlar uni so`kib, uradilar-ku!

Odamlar: “Unday gunohni qilishdan Alloh saqlasin! Biz robbimizga sherik qilamizmi?! Butlarga ibodat qilamizmi?! Sen Alloh huzuridan toshlar bilan quvilgan Shaytonsan! Sen iflos Shaytonsan”- deydilar-ku!!

 

4 – Shaytonning hiylasi

Lekin, Shayton odamlarning ichlariga kiradigan yo`lni topdi.

Ba`zi odamlar Allohdan qo`rqishar, Allohga kechayu kunduz ibodat qilib, Allohni ko`p zikr qilar e`dilar.

Ular Alloh ta`oloni yaxshi ko`rishar, Alloh ham ularni yaxshi ko`rib, ularning duolarini qabul qilar e`di.

Odamlar ham ularni sevishar, ulug`lashar e`di.

Shayton bularni juda ham yaxshi bilar e`di.

U odamlar o`ldilar va Allohning rahmatiga qovushdilar.

Shayton odamlar oldiga borib, u odamlarni tilga oldi va: “Falonchi, falonchi va falonchi qanday odam e`dilar?”- deb so`radi.

Odamlar: “Subhonalloh! Ular Allohning do`stlari e`dilar. Ular Allohga duo qilisalar Alloh ularning duolarini qabul qilar va nimani so`rasalar berar e`di”- deb javob berdilar.

 

5 – Solih kishilarning suratlari

Shayton: “Ularga bo`lgan qayg`ularingiz qanday?!”- dedi.

Odamlar: “Qayg`umiz buyuk!”- dedilar.

-         Ularni nega har kuni ko`rib turmaysizlar?

-         Buning qanday iloji bor, axir ular o`lib ketdilar-ku?!

-         Ularning suratlarini chizib, har kuni e`rtalab ularga bir qarab qo`yinglar.

Iblisning so`zlari odamlarga ma`qul keldi va ular solih odamlarning suratlarini chizdilar.

Odamlar u suratlarga har kuni qarashar va solih odamlarni xotirlar e`dilar.

 

6 – Suratlardan haykallarga

Odamlar suratlardan haykallarga o`tdilar.

Odamlar solih odamlarning ko`p haykallarini yasadilar va uylari hamda masjidlariga qo`ydilar.

Ular Alloh ta`ologa biron narsani sherik qilmas e`dilar.

Odamlar bular solih odamlarning haykallari e`kanini bilar e`dilar.

Haykallar odamlarga foyda, zarar va rizq bermaydigan toshdan qilingan e`kanini bilar e`dilar. Biroq, ular bu haykallar bilan tabarruklanishar va ularni ulug`lar e`dilar. Chunki ular solih kishilarning haykallari e`di.

Odamlar ichida haykallar ko`paydi va haykallarni ulug`lash rivojlandi.

Ular ichlaridan bir solih odam vafot e`tsa uning haykalini yasashar va bu haykalni uning nomi bilan atashar e`di.

 

7 – Haykallardan butlarga

U odamlar vafot e`tdilar. Ularning bolalari otalarining haykallardan tabarruklanishlari va ularni ulug`laganlarini ko`rar e`dilar.

Ular otalarining haykallarni o`pganlari, qo`llari bilan silaganlari va ular oldida duo qilganlarini ko`rar e`dilar.

Ular otalarining haykallar oldida bo`yinlarini e`gganlari, ruku` qilganlarini ko`rar e`dilar.

Bolalar otalarining qilgan ishlariga haykallarga sajda va qurbonliklar qilish hamda ulardan o`z e`htiyojlarini so`rashni qo`shdilar.

Shunday qilib bu butlar xudolarga aylandi. Odamlar ularga ilgari Allohga ibodat qilganlaridek, ibodat qila boshladilar. Odamlar ichida xudolar ko`paydi: bunisining ismi Vadd, bunisiniki Suva`, unisiniki Yag`us, bunisiniki Yauuq va unisiniki Nasr e`di.

 

8 – Allohning g`azabi

Alloh odamlarga qattiq g`azab qildi va ularni la`natladi.

Alloh nega ularga g`azab va la`nat qilmasin?! Axir, Alloh ularni shuning uchun yaratib rizq berganmidi?!

Ular Allohning Erida yurib, Allohga kofitr bo`lmadilarmi?!

Ular Allohning rizqini eb, Allohga sherik qilmadilarmi?!

Bu katta zulm-ku! Bu katta zulm-ku!

Alloh odamlarga g`azab qildi: yomg`ir yog`dirmay, odamlarni qiyin ahvolga soldi. Odamlar ichida nasl va hosillar ozayib ketdi.

Lekin odamlar buni tushunmadilar va tavba qilmadilar.

 

9 – Rasul-pyg`ambar

Alloh ta`olo ularning ichidan ular bilan gaplashib, ularga nasihat qiladigan bir e`rkakni o`z tarafidan e`lchi qilishni hohladi.

Zero, Alloh har bir odam bilan gaplashib: “Sen unday qil! Sen bunday qil!”- deb aytmaydi. Axir podshohlar ham odamlar bilan alohida-alohida gaplashmaydilar-ku!

Podshohlar ham har bir odam oldiga kelib: “Unday qil, bunday qil!”- demaydilar-ku!

Podshohlar odamlardan biri, hamma ularni ko`rishi va so`zlarini e`shitishi mumkin. Ammo Allohni hech kim ko`ra olmaydi, e`shita olmaydi va U bilan hech kim gaplasha olmaydi. Bunga Alloh hohlagan paytda Alloh hohlagan odamlargina qodir bo`la oladilar.

Alloh ta`olo odamlarga ular bilan gaplashib, ularga nasihat qiladigan e`lchi yuborishni hohladi.

 

10 - Insonmi, farishtami?

Alloh ta`olo bu e`lchining insonlardan, odamlar taniydigan, so`zlarini tushunishadigan birisi bo`lishini hohladi. Axir e`lchi farishta bo`lsa odamlar: “Biz kimu, u kim! U farishta, biz insonmiz-ku?!

Bizlar eb-ichamiz, bizning xotinlarimiz va bolalarimiz bor. Biz Allohga qanday ibodat qilamiz?!”- der e`dilar.

E`lchi agar inson bo`lsa, shinday der e`di:

“Men ham eb-ichaman. Mening ham xotinim va farzandlarim bor. Men Allohga ibodat qilaman, sizlar nega ibodat qilmaysizlar?”. E`lchi agar farishta bo`lsa odamlar shunday der e`dilar:

“Sen chanqamaysan, sening qorning ochmaydi. Sen kasal bo`lmaysan, o`lmaysan. Shuning uchun ham Alloh ta`ologa ibodat qilib, Uni doimo zikr qilasan.

Biz e`sa insonmiz: chanqaymiz, qornimiz ochadi, kasal bo`lamiz, o`lamiz. Shunday e`kan, qanday qilib Allohga ibodat qilib, Uni zikr qilaylik”.

E`lchi agar inson bo`lsa shunday der e`di:

“Men ham sizlar kabi chanqayman, och qolaman, kasal bo`laman, o`laman. Men Allohga ibodat qilaman, Uni zikr qilaman. Nega sizlar Allohga ibodat qilib, Uni zikr qilmaysizlar?!”.

Natijada, odamlar hech qanday sabab topisha olmay, mot bo`lar e`dilar.

 

11 – E`lchi Nuh

Alloh ta`olo Nuhni o`z xalqiga e`lchi-payg`ambar qilib yuborishni hohladi.

Xalq ichida boylar va rahbarlar ko`p e`di. Lekin Alloh ularni e`mas, Nuhni payg`ambar qilib tanladi.

Alloh payg`ambarlik va Allohning omonatini ko`taradigan odamni yaxshi biladi.

Nuh solih, aqlli, halim va oliyjanob e`di.

Nuh nasihatgo`y, mehribon, rostgo`y va omonatdor e`di.

Alloh ta`olo o`z payg`ambarligi uchun Nuhni tanlab oldi  va unga: “Xalqingizni boshiga alamli azob kelishidan avval ogohlantiring!”- deb vahiy qildi.

Nuh xalqi orasida: “Men sizlar uchun (yuborilgan) omonatdor payg`ambarman”- deya boshladi.

 

◄◄◄Ortga qaytish | Davomi►►►