Nuh xalqiga: “Men sizlar uchun (yuborilgan) omonatdor payg`mbarman” deb aytganida ba`zi odamlar: “Bu qachondan buyon payg`ambar bo`lib qoldi? Axir u kecha bizlardan biri e`masmidi? Bugun: “Men Allohning sizlar uchun yuborilgan payg`ambariman”- deyaptimi?”.
Nuhning do`stlari: “Nuh yoshligida bizlar bilan birga o`ynar e`di. Har kuni biz bilan birga o`tirar e`di. Unga payg`ambarlik qachon kelibdi? Kechasimi yoki kunduzimi?”- dedilar.
Boylar va mutakabbirlar: “Alloh payg`ambar qilish uchun Nuhdan boshqasini topa olmabdimi? Odamlar o`lib, Alloh bu faqirdan boshqasini topa olmabdimi?”- dedilar.
Johillar: “U (Nuh) sizlar kabi inson-ku!”. “Agar Alloh hohlasa, farishtani yuborar e`di. Biz buni (yashab o`tgan) avvalgi otalarimizdan e`shitmagan e`dik”- dedilar.
Ba`zi odamlar: “Nuh shu yo`l bilan podshoh yoki e`ng sharafli inson bo`lmoqchi”- dedilar.
Odamlar butlarga ibodat qilishni haqiqat va aqllilik deb o`ylar e`dilar.
Odamlar butlarga ibodat qilmagan kishi adashgan va pastkashdir deb o`ylar e`dilar.
Ular: “Otalarimiz butlarga ibodat qilar edilar, nega bu ibodat qilmaydi”- der e`dilar.
Nuh: “Butlarga ibodat qilish adashish va pastkashlikdir”- deb o`ylar e`di.
Nuh: “Otalar ham adashgan va pastkash bo`lganlar. Otalarning otasi Odam butlarga e`mas, Allohga ibodat qilar e`di.
Xalq ham adashgan va pastkashdir. Chunki ular o`zlarini yaratgan Allohga e`mas, toshlarga ibodat qilmoqdalar”- deb o`ylar e`di.
Nuh oyoqqa turib bor ovozi bilan baralla:
“E`y, xalqim, Allohga ibodat qilingiz! Sizlar uchun undan boshqa iloh yo`qdir! Men boshlaringizga keladigan dahshatli kunning azobidan qo`rqaman!”- dedi.
“Xalqi ichidan ba`zilar: “Biz seni ochiq adashgan holatda ko`rmoqdamiz”- dedilar”.
“Nuh: “Hoy xalqim, menda adashishlik yo`q. Lekin men barcha Olamlar robbisi tarafidan e`lchiman. Men sizlarga robbimning payg`omini etkazaman va sizlarga nasihat qilaman hamda Allohdan sizlar bilmagan narsalarni bilaman”- dedi”.
14 – Senga pastkash odamlar e`rgashdi
Nuh xalqining Allohga iymon keltirib, ibodat qilishi va butlarga ibodat qilishni tark qilishi uchun ko`p tirishdi.
Nuhga bir necha kishilargina iymon keltirdilar.
Nuhga o`z qo`llari bilan kasb qilib, halol narsalarni yedigan kishilargina iymon keltirdilar.
Xalqi ichidagi boylarni Nuhga itoat qilishga kibrlari yo`l qo`ymadi.
Ularning boyliklari va farzandlari oxirat haqida tafakkur qilishga yo`l bermadi. Ular: “Biz aslzodamiz, ular e`sa pastkashlardir”- der e`dilar.
Nuh ularni Alloh yo`liga da`vat e`tib: “Senga pastkashlar e`rgashsa, biz senga e`rgashamizmi?!”- dedilar va Nuhdan u bechoralarni quvib yuborishini talab qildilar.
Lekin Nuh: “Men mo`minlarni quvadigan inson e`masman”. Mening darvozam podshohlar darvozasi e`mas. “Men ochiq ogohlantiruvchiman, xolos””- dedi.
Nuh u bechoralarning samimiy mo`min e`kanliklarini, ularni quvsa Alloh g`azab qilishi va o`zi- ga hech kim yordam bermasligini bilar e`di. Shu- ning uchun ham Nuh: “Hoy xalqim, men ularni quvsam Alloh tarafidan menga kim yordam beradi?!”- dedi.
Boylar shunday dedilar:
“Nuh da`vat e`tayotgan narsa haqiqat va yaxshilik e`mas. Nega? Chunki biz barcha yaxshilikni birinchi bo`lib qilamiz. E`ng shirin taomlar, e`ng chiroyli kiyimlar biznikidir. Ularni odamlar bizdan keyingina olishlari mumkin.
Biz o`ylaymizki, bu shaharda barcha yaxshilik birinchi bo`lib bizga, keyin boshqalra kelar e`di. Demak, Nuh aytayotgan narsa yaxshilik bo`lsa e`di, u kambag`allarga kelishidan avva bizga kelgan bo`lar e`di. “Agar yaxshilik bo`lsa ular bizdan avval unga etisha olmas e`dilar”.
Nuh o`z qavmini da`vat e`tdi va nasihat qilishga kirishdi.
“Nuh dedi: “Men sizlar uchun yuborilgan ochiq da`vatchiman: Alohgagina ibodat va taqvo qilib, ungagina itoat e`tinglar, Alloh sizlarning gunohla-ringizni kechiradi va sizlarni belgilangan muddatga kechiktiradi. Agar bilsangizlar, Allohning ajali kelgan vaqtida aslo ortga surilmas”.
Alloh ularga g`azab qilgan, yomg`irni to`xtatgan, natijada, hosil va nasllari ozayib ketgan e`di.
Shuning uchun ham Nuh: “E`y, xalqim, Agar Allohga iymon keltirsangiz, U sizdan rozi bo`ladi va boshingizdagi azob ketadi.
U sizlarga yomg`irlarni yog`diradi va rizq va naslingizda baraka beradi”- dedi.
Nuh xalqini Alloh yo`liga da`vat e`tdi va dedi:
“Sizlar Allohni tanniysizlarmi?! Atrofingizdagi Allohning mo`jizalarini ko`rmaysizlarmi? Yer va Osmonga boqmaysizlarmi?
Osmonlarni kim yaratdi?
Osmonlarga Oyni nur, Quyoshni chiroq qilib kim joylashtirdi?
Sizlarni kim yaratdi? Sizlarga yerni to`shab qoygan zot kim?”.
Nuh shunchalar da`vat qilsada, xalqi tushunmadi va iymon keltirmadi.
Balki, Nuh da`vat e`tsa, uning so`zlarini e`shitmaslik uchun quloqlariga barmoqlarini tiqib olar e`dilar.
E`shitmagan odam qanday tushunishi mumkin? E`shitishni hohlamagan odam qanday e`shitishi mumkin?!
Nuh uzoq zamonlar xalqini Alloh yo`liga da`vat e`tdi.
Nuh xalqini to`qqiz yuz e`llik yil da`vat qildi.
Lekin, xalq iymon keltirmadi.
Xalq butlarga ibodat qilishdan voz kechib, Allohning yo`liga qaytmadi.
Nuh qachongacha kutishi kerak? Nuh qachongacha Erdagi fasodni va butlarga ibodat qilinishini ko`rishi kerak?
U qachongacha odamlarning Allohning rizqini eb, boshqa larga ibodat qilishini ko`rishi kerak?
Nega Nuh g`azab qilmasin? Axir u misli ko`rilmagan darajada sabr qildi-ku!
To`qqiz yuz e`llik yil-a! Allohu akbar!
Alloh ta`olo Nuhga vahiy qilib: “Shu kunga qadar iymon keltirgan kimsalardan boshqa hech kim xalqing ichidan iymon keltirmas”- dedi.
Nuh da`vat e`tar e`kan, xalqi: ”Hoy Nuh, biz bilan ko`p bahs qilding. Agar rost gapirayotgan bo`lsang,va`da qilayotgan narsalaringni keltir!- dedi.
Nuh g`azablandi va ulardan noumid bo`lib: “Allohim, yer yuzida bironta kofirni qo`yma!”- dedi.
Alloh Nuhning duosini ijobat qildi va uning xalqini suvga g`arq qilishni hohladi.
Alloh bu bilan Nuh va mo`minlarni qutqarib qolishni hohlagan e`di.
Shuning uchun ham Alloh Nuhga ulkan kema yasashni amr qildi.
Nuh ulkan kema yasay boshladi.
Nuhni ko`rgan xalqi yana tinch turmadilar. Balki, Nuhni masxara qila boshladilar:
“Bu nimasi, Nuh. Qachondan buyon duradgor bo`lib qolding?
Biz senga: “U pastkashlar bilan birga o`tirma!”- degan e`dik. Sen quloq solmay, duradgor va temirchilar bilan birga o`tirding va duradgor bo`lib qolding!
Hoy, Nuh, sening ishing ajoyibku, bu kema qaerda yuradi?
U qumlarda yuradimi yoki tog`larga chiqadimi?
Dengiz juda ham uzoqda bo`lsa. Yoki uni jinlar ko`taradimi yoki ho`kizlar tortadimi?!”.
Nuh bu so`zlarni e`shitar va sabr qilar e`di. Axir u bundan og`ir narsalarga sabr qilmadimi?
Lekin, Nuh ba`zida: “Bizning ustimizdan kulsangiz, biz ham ustingizdan sizlar kabi kulamiz”- der e`di.
Allohning va`dasi keldi, Alloh saqlasin!
Osmon yomg`ir quyaverdi, quyaverdi.
Go`yo osmon suvni tuta olmaydigan e`lak kabi e`di.
Suv erlardan ham otilib chiqdi va odamlarni har tomondan o`rab oldi.
Alloh ta`olo Nuhga: “Xalqing va oilang ichidan senga iymon keltirgan kimsalarni o`zing bilan birga ol!”- deb vahiy qildi.
Alloh ta`olo Nuhga har bir hayvon va parrandadan bir juft: e`rkak va urg`ochi olishni amr e`tdi.
Chunki to`fon hammaga barobar e`di. Undan na inson va na hayvon qutila olar e`di.
Nuh Allohning amriga itoat e`di va kemaga xalqi ichidan iymon keltirgan odamlar mindilar.
Uning kemasiga har bir hayvon va parrandadan bir jufti chiqarildi.
Tog`dek ko`ringan kema to`lqinlarni yorib, suza boshladi.
Kofirlar Allohning azobidan qutulamiz deb baland erlarga, tog`larning cho`qqilariga chiqib oldilar.
Lekin, bu azobdan Allohgina qutqazishi mumkin e`di.
Nuhning kofirlar bilan birga bo`lgan o`g`li bor e`di.
Nuh o`g`lini to`fon ichida ko`rib: “Og`lim, biz bilan birga kemaga mingin. Kofirlar bilan birga bo`lma!”- dedi.
“(O`g`li): “Tog`ning cho`qqisiga chiqib olaman va u meni suv(da g`arq bo`lish) dan saqlaydi”- dedi.
“(Nuh): “Bugun Allohning amridan Alloh rahm qilganlargina qutila oladilar”- dedi”.
“U ikkisining o`rtasini to`lqinlar to`sdi va (o`g`il) g`arq bo`ldi”.
Nuh o`g`li uchun qattiq qayg`urdi. Nega qayg`urmasin? Axir u o`g`li e`di-ku!!
Nuh o`g`lining qiyomat kuni jahannamdan qutilishini hohlar e`di. Zero, u kecha to`fondan qutila olmadi-ku!
Jahannam to`fondan yomondir. Oxirat azobi qattiqdir. Axir Alloh Nuhning oilasini qutqarishni va`da qilmadimi?! Ha! Allohning va`dasi haqdir.
Nuh o`g`li uchun Allohning huzurida shafoat so`ramoqchi bo`ldi.
“Nuh robbisiga nido qilib: “O`g`lim mening ahlim (oilam) dan, Sening va`dang haqdir va sen eng adolatli hukm qiluvchisan”- dedi”.
Lekin, Alloh nasablarga e`mas, amallarga qaraydi.
Alloh mushriklar uchun qilingan shafoatni qabul qilmaydi.
Mushrik, garchi o`g`li bo`lsada, payg`ambarning ahlidan bo`la olmas.
Alloh ta`olo Nuhni bunga ogohlantirib dedi: “Ey Nuh, u sening ahlingdan e`mas! Albatta u (ning qilgan amali-kufr yo'lini tutgani) yomon amaldir. Bas, o'zing bilmagan narsa haqida aslo Mendan so`rama! Men senga johil-nodonlardan bo`lmaslikni buyuraman”.
Nuh ogohlandi va Allohga tavba qilib, dedi:
“Robbim, men sendan bilmagan narsamni so`rashdan panoh so`rayman. Agar meni kechirmasang va rahm qlmasang, men ziyonkrlardan bo`laman”.
Alloh hohlagan narsa bo`lib, kofirlar g`arq bo`lanlaridan so`ng, yomg`ir to`xtadi, suvlar Yer ostiga ketdi.
Kema Judiy tog`i uzra tohtadi va: “Zolim qavmga halokat bo'lgay”- deyildi”.
Va: “Ey Nuh, tinchlik bilan (kemadan Yerga) tushgin!” deyildi.
Nuh va kemaga u bilan mingan maxluqlar quruqlikda xotirjam yura boshladilar.
Nuh xalqining ichidagi kofirlar o`ldi. Ularning ortidan hech kim yig`lamadi.
Alloh Nuhning zurriyotiga baraka berdi va ular Yer yuziga yoyildilar.
Ularning ichida turli xalqlar, payg`ambarlar va podshohlar bor e`di.
“Barcha olamlar ichida Nuhga salomlar bo`lsin!”.
“Barcha olamlar ichida Nuhga salomlar bo`lsin!”.
* * *