Пайшанба 18 Апрель 2024 | 9 Шаввол 1445 Ҳижрий-қамарий

асосий қисм

  • lotinchaga
  • +
  • -
  • |

Er ayolidan internet orqali lazzatlanishi

30732 марта кўрилган

Савол:

Men uylanganman. Ayolim esa ayni paytda men turgan davlatda emas. Agar men internet orqali u bilan (gaplashib) oʻtirsam va u meni jasadimni ba’zi joylarini koʻrishni istasa va hokazo... Shunda menga gunoh boʻladimi? Buni hukmi nima?

Жавоб:

Allohga hamd boʻlsin! Shunga oʻxshagan bir savolni Shayx Muhammad Solih al-Usayminga arz qilgan edik. Bu ana shu savolning matni: “Er-xotin telefon orqali jinsiy aloqa toʻgʻrisida gaplashishlari va bir-birlarini shahvatini keltirishlari, hatto ulardan birining yoki ikkalasining ham shahvati chiqib ketishi joizmi? (Qoʻlni ishlatmasdan. Chunki qoʻlni ishlatish harom-ku.) Bunday boʻlishining sababi erim doimo safarda boʻladi. Biz har toʻrt oyda bir koʻrishamiz.”

Shayx quyidagi soʻzlari bilan javob berdilar: “Hechqisi yoʻq. Ha, bu ish joizdir.


Savol: Agar qoʻlni ishlatib boʻlsa hammi?
Javob: Qoʻlni ishlatishda shubha bor. Agar zino qilib qoʻyishdan qoʻrqsagina joiz boʻladi.
Savol: Qoʻlni ishlatmasdan boʻlsa mone’ yoʻqmi?
Javob: Ha. Qoʻlni ishlatishsiz boʻlsa mone’ yoʻqdir. U oʻzini xotinim bilanman – deb tasavvur qiladi. Buning hechqisi yoʻq.”
Lekin bundagi xatar – internet orqali boʻlayotgan bunaqangi “uchrashuvlar”ni kuzatib turish va koʻrib turish mumkinligidir. Qolaversa, bu ish qoʻli bilan shahvatini chiqarishi va shunga oʻxshagan boshqa harom ishlarni qilishga ham undaydi. Bu ishni qilmaslik ehtiyotlikdir. Chunki Rosululloh sollallohu alayhi va sallam aytganlar: “Gunoh amallar Alloh taoloni chegarasidir. Kim chegara atrofida bemalol yursa u chegarani bosib oʻtishi mumkin.” (Buxoriy: №1946). Allohu A’lam.
Islom – savol va javob № 90099 Shayx Muhhamd Solih al-Munajjid