Пайшанба 28 Март 2024 | 18 Рамазон 1445 Ҳижрий-қамарий

асосий қисм

  • lotinchaga
  • +
  • -
  • |

Ibrohim alayhissolatu vassalomning qissasi

6766 марта кўрилган

Ustoz Abul-Hasan Aliy al-Hasaniy an-Nadviy rahimahulloh

Da’vatchi adib ustoz Sayyid Qutb muqaddimasi

Bu kitobchaning muallifi sayyid Abulhasan Nadaviyni taniyman. Uning o‘zini ham, qalamini ham taniyman. Unda musulmon qalbni, musulmon aqlni, Islom bilan, Islom uchun va Islomni chuqur anglab yashaydigan odam siymosini ko‘raman.

Mana shu jajjigina kitobchaning shu nashriga muqaddima bitar ekanman, Alloh uchun shu gaplarimga guvohlik beraman.

Bolalar uchun atab yozilgan «Payg‘ambarlar qissasi» hajmi kichik bo‘lishiga qaramasdan, sayyid Abulhasan uchun ham, u kishining islomiy da’vat maydonidagi oliyjanob birodarlari uchun ham amallar mezonida yaxshigina yuk bosadigan buyuk ishdir.

Islomning eng tiniq, musaffo suratini faqat kattalargagina yetkazish bilan kifoyalanish to‘g‘ri emas. Bu ozuqaga jajji yurakchalar ko‘proq muhtoj. Toki, ular o‘zlarida iymon ta’mini totsinlar, qalblarida iymon nurini his etsinlar, ruhlarida iymon tarovatini tuysinlar. Qissalar esa ana shu jajji, pokiza va beg‘ubor yurakchalar uchun ilk ozuqadir.

Bu kitobcha garchi bolalar uchun yozilgan bo‘lsada, uni kattalar ham o‘qishlari lozim, deb o‘ylayman. Ularning ko‘plari mustamlakachilik va missionerlik kasofati tufayli shu kitobchada o‘z aksini topgan Qur’oni Karimning qissalarini, ulardagi ko‘zda tutilgan chuqur maqsadlarni, maftunkor va poklovchi iymoniy muhitni o‘rganishdan mahrum bo‘lganlar.

Bolalar uchun yozilgan ko‘p kitoblarni, jumladan, «Qisasul-anbiyo»ni ham o‘qidim. Misrda bolalar uchun Qur’oni Karimdan olingan «Diniy qissalar» to‘plamining nashrga tayyorlanishida ishtirok etdim. Lekin hech bir mubolag‘asiz guvohlik beramanki, sayyid Abulhasanning mana shu kitobchasi bu borada qilingan ishlarning eng mukammalidir. Undagi nozik ko‘rsatmalar, qissadagi voqea va hodisalarning g‘oyalarini ochib beradigan sharhlar, ustalik bilan qissa ichiga joylashtirilgan ilovalar gapimning yaqqol dalilidir. Ilovalarki, jajji yurakchalar yoki kattalar qalblariga kirib borganda buyuk iymoniy haqiqatlarni namoyon etadi.

Alloh sayyid Abulhasanning ajru muvaffaqiyatini ziyoda qilsin. U orqali endigina o‘sib-ulg‘ayayotgan, dovullaru bo‘ronlar ichida qolgan, yo‘llariga tikonlar sochilgan, hidoyat, nur, e’tibor va ixlosga muhtoj avlodni hidoyatga erishtirsin. Tavfiq Allohdan.

Mundarija
  1. Butfurush
  2. Ozarning o`g`li
  3. Ibrohimning nasihati
  4. Ibrohim butlarni sindirdi
  5. Butlarni kim sindirdi?
  6. Sovuq olov
  7. Robbim kim?
  8. Robbim Allohdir!
  9. Ibrohimning da`vati
  10. Podshoh huzurida
  11. Otani da`vat qilish
  12. Makka sari
  13. Zamzam qudug`i
  14. Ibrohimning tushi
  15. Ka`ba
  16. Baytul-maqdis
1 – Butfurush

yuqoriga »

Juda qadim zamonda, bir qishloqda mashhur kishi bor e`di.

Uning ismi Ozar e`di.

Ozar butlarni sotar e`di.

Bu qishloqda juda ham katta uy bor e`di.

Bu uyda juda ham ko`p butlar bor e`di.

Odamlar bu butlarga ibodat qilar e`dilar.

Odamlar bu butlarga sajda qilar e`di lar.

Ozar ham bu butlarga sajda qilar e`di.

Ozar ham bu butlarga ibodat qilar e`di.

2 – Ozarning o`g`li

yuqoriga »

Ozarning aqlli o`g`li bor e`di.

Uning ismi Ibrohim e`di.

Ibrohim odamlarning butlarga ibodat qilganlarini ko`rar e`di.

Ibrohim odamlarning butlarga sajda qilganlarini ko`rar e`di.

Ibrohim butlarning toshdan e`kanini bilar e`di.

Ibrohim butlarning gapirmasligi va e`shitmasligini bilar e`di.

Ibrohim butlarning zarar va foyda bermasligini bilar e`di.

Ibrohim pashshalarning butlar oldiga kelib qo`nganini, butlar e`sa ularni hayday olmaganlarini ko`rar e`di.

Ibrohim sichqonlar butlarning oldidagi taomlarni eganlarini, butlar e`sa ularni hayday olmaganlarini ko`rar e`di.

Ibrohim o`zicha: “Nega odamlar butlarga ibodat qiladilar?!”- der e`di.

Ibrohim o`zicha: “Nega odamlar e`h tiyojlarini butlardan so`raydilar?!”- der e`di.

3 – Ibrohimning nasihati

yuqoriga »

Ibroim otasiga shunday dedi:

“Otajon, nega butlarga ibodat qilasiz?

Otajon, nega butlarga sajda qilasiz?

Otajon, nega butlardan e`htiyojingizni so`raysiz?

Axir bu butlar e`shitib, gapirmaydiku!

Axir bu butlar foyda va zarar ber maydi-ku!

Otajon, bu butlar eb ichmaydi-ku!”.

Ozar o`g`lining bu so`zlaridan g`azablanar va uning so`zlarini tushunmas e`di.

Ibrohim o`z qavmiga nasihat qilar, ular e`sa g`azablanishar va uni tushunmas e`dilar.

Ibrohim: “Odamlar ketganlarida bu butlarni sindiraman. Odamlar shundagina tushunadilar”- dedi.

4 – Ibrohim butlarni sindirdi

yuqoriga »

Bayram kuni keldi.

Odamlar xursand bo`ldilar.

Kattalar ham, bolalar ham bayramga chiqdilar.

Ibrohimning otasi ham bayramga chiqar e`kan Ibrohimga: “Sen chiqmay sanmi?”- dedi.

Ibrohim: “Yo`q, men kasalman”- dedi.

Odamlar ketdilar. Ibrohim butlar turgan uyda qoldi.

Ibrohim butlar oldiga kelib dedi:

“Gapirmaysizlarmi?! E`shitmaysiz larmi?!

Mana bu taom va sharob! Ulardan yeb, ichmaysizlarmi?!”

Butlardan ovoz chiqmadi. Chunki ular gapir maydigan tosh e`dilar.

Ibrohim: “Nega gapirmaysizlar?”- dedi.

Butlar jim, gapirmas e`dilar.

Bundan Ibrohimning jahli chiqdi va qo`liga boltani oldi.

Ibrohim bolta bilan butlarni urib, sindirdi.

Ibrohim katta butdan boshqa barcha butlarni sindirdi va uning bo`yniga boltani osib qo`ydi.

5 – Butlarni kim sindirdi?

yuqoriga »

Odamlar qaytdilar va butlar turgan uyga kirdilar.

Odamlar butlarga sajda qilmoqchi bo`ldilar. Chunki u kun bayram e`di.

Lekin odamlar hayron bo`lib qoldilar.

Odamlar afsus qilib, g`azablandilar. Ularning ba`zilari: “Bizning xudolarimizga buni kim qildi?!”- dedilar.

Ba`zilar: “Ismi Ibrohim bo`lgan bir yigitning xudolarimiz haqida gapirganini e`shitgan e`dik”- dedilar.

Odamlar: “E`y Ibrohim, xudolarimizga bu ishni sen qildingmi?!”- dedi lar.

Ibrohim: “Yo`q, uni butlarning mana bu kattasi qildi. Agar gapira olsalar ulardan so`rab ko`ringlar?!”- dedi.

Odamlar butlar toshdan yasalgan e`kanini bilar e`dilar.

Odamlar toshlar e`shitmasligi va gapirmasligini bilar e`dilar.

Odamlar katta but ham tosh e`kanini, u yurmasligi va qimirlay olmasligini bilar e`dilar.

Odamlar katta butning boshqa butlarni sindirishga kuchi yetmasligini bilar e`dilar.

Ular Ibrohimga: “Sen butlarning gapirmasligini bilasanku!”- dedilar.

Ibrohim dedi: “Sizlarga foyda va zarar bera olmaydigan butlarga nega ibodat qilasizlar?

Gapirmaydigan va e`shitmaydigan butlardan nega e`htiyojlaringizni so`raysizlar?

Nega hech narsani tushunmaysizlar!

Nega aqllaringizni ishlatmaysizlar?”.

Odamlar hech narsa deya olmadilar va xijolat bo`ldilar.

6 – Sovuq olov

yuqoriga »

Odamlar to`planib: “E`ndi nima qilamiz?

Ibrohim butlarni sindirdi va xudolarimizni tahqirladi”- dedilar.

Odamlar bir-birlariga: “Ibrohimga nima jazo beraylik?”- deb so`radilar.

Bir ovozdan: “Uni yoqinglar va xudolaringizga yordam beringlar!”- dedilar.

Shunday qilindi: Odamlar olov yoqib, Ibrohimni olovga otdilar.

Alloh ta`olo Ibrohimga yordam berdi va olovga: “Hoy olov, Ibrohim uchun zararsiz va sovuq bo`l!”- deb amr qildi.

Alloh aytganidek bo`ldi. Olov Ibro him uchun zararsiz va sovuq bo`ldi.

Odamlar olov Ibrohimga zarar ber maganini ko`rdilar.

Odamlar Ibrohimning xursandligi va sog`lom e`kanini ko`rib hayratga tushdilar.

7 – Robbim kim?

yuqoriga »

Ibrohim kechalarning birida yulduzni ko`rdi va: “Bu mening robbim!”- dedi.

Yulduz g`oyib bo`lganidan so`ng e`sa: ”Yo`q, bu mening robbim e`mas” - dedi.

Ibrohim Oyni ko`rdi va: “Bu mening robbim!”- dedi.

Oy g`oyib bo`lganidan keyin e`sa: “Yo`q, bu mening robbim e`mas”- dedi.

Quyosh chiqdi. Ibrohim: “Bu mening robbimdir, chunki u hamma narsadan kattadir!”- dedi.

Kechqurun Quyosh botganida Ibrohim dedi:

“Yo`q! Bu mening robbim e`masdir.

Allohgina o`lmas va Tirikdir.

Allohgina Boqiy va G`oyib bo`lmasdir.

Allohgina mag`lub bo`lmaydigan Kuchlidir.

Yulduz tong oldida mag`lub bo`lgan zaifdir.

Oy zaifdir, unga Quyosh g`olibdir.

Quyosh zaifdir, unga qorong`ulik va bulutlar g`olibdir.

Menga yulduz yordam bera olmaydi. Chunki u zaifdir.

Menga Oy yordam bera olmaydi. Chunki u kucgzisdir.

Menga Quyosh yordam bera olmay di. Chunki u zaifdir.

Menga Allohgina yordam bera oladi.

Chunki U o`lmas Boqiydir.

Chunki U g`oyib bo`lmaydigan Bo qiydir.

Chnuki U mag`lub bo`lmaydigan Kuchlidir.

8 – Robbim Allohdir!

yuqoriga »

Ibrohim robbisi Alloh e`kanini bildi.

Chunki Alloh o`lmaydigan Tirikdir.

Chunki Alloh yo`q bo`lmaydigan Boqiydir.

Chunki Alloh mag`lub bo`lmaydigan Kuchlidir.

Ibrohim: Alloh Oy, Quyosh va barcha olamlarning Robbisi e`kanini bildi.

Alloh ta`olo ibrohimni to`g`ri yo`lga hidoyatladi va uni payg`ambar hamda o`zi uchun xalil–e`ng yaqin do`st qildi.

Alloh ta`olo Ibrohimga qavmi (xalqi) ni (Islom diniga) da`vat e`tish va ularni butlarga ibodat qilishdan qaytarishga buyurdi.

9 – Ibrohimning da`vati

yuqoriga »

Ibrohim o`z qavmini Alloh yo`liga da`vat qildi va ularni butlarga ibodat qilishdan qaytardi.

Ibrohim o`z qavmiga: “Sizlar nimaga ibodat qilasizlar”- dedi.

Qavm: “Biz butlarga ibodat qilamiz” - dedilar.

Ibrohim dedi: “Sizlar duo qilsangizlar ular e`shishitadilarmi?

Yoki sizlarga foyda, yoki zarar beradilarmi?”.

Qavm: “Biz otalarimizni shunday (ibodat) qilganlarini ko`rganmiz”- dedi.

Ibrohim dedi:

“Men bu butlarga ibodat qilmayman.

Balki men, bu butlarning dushmaniman.

Men “o'zimni yaratgan va meni to`g`ri yo`lga hidoyatlaydigan”;

“Menga taom berib, meni sug`oradigan”;

“Kasal bo`lsam menga shifo beradigan”;

“Meni o`ldirib, qayta tiriltiradigan” va barcha Olamlar robbisi bo`lgan Allohga ibodat qilaman.

Butlar yaratmaydi va hidoyat qilmaydi.

Butlar hech kimga taom ham, suv ham bermaydi.

Butlar kasal bo`lgan kimsalarga shifo bermaydi.

Butlar hech kimni o`ldirib, tiriltira olmaydi.

10 – Podshoh huzurida

yuqoriga »

Shaharda juda ham katta va juda ham zolim podshoh bor e`di.

Odamlar bu podshohga sajda qilishar e`di.

Podshoh Ibrohimning Allohdan boshqa hech kimga ibodat qilmasligini e`shitib, g`azablandi va uni huzuriga chaqirtirdi.

Ibrohim podshoh huzuriga keldi.

Chunki U Allohdan boshqa hech kimdan qo`rqmas e`di.

Podshoh: “Ibrohim, sening robbing kim?”- deb so`radi.

Ibrohim: “Mening robbim – Allohdir”- dedi.

Podshoh: “Alloh kimdir?”- deb savol berdi.

Ibrohim: “Hayot beruvchi va o`ldi ruvchi zot”- deb javob berdi.

Podshoh: “Men ham o`ldirib, tiriltira olaman”- dedi-da, bir kishini chaqirdi va uni o`ldirdi.

Boshqa bir kishini chaqirib, uni qo`yib yubordi-da: “Men ham o`ldirib, tiriltira olaman. Mana, bir kishini o`ldirib, boshqasini qo`yib yubordim”- dedi.

Podshoh aqlsiz e`di. Hamma mushriklar ham shunday aqlsiz bo`ladilar.

Ibrohim podshohni ham, qavmini ham tushunishini hohladi va podshohga dedi:

“Alloh Quyoshni sharqdan olib keladi. Sen uni g`arbdan olib kelchi?!”.

Podshoh hayron bo`lib, gapirishga so`z topa olmay qoldi.

Podshoh hijolat bo`ldi. Chunki u javob topa olamagan e`di.

11 – Otani da`vat qilish

yuqoriga »

Ibrohim otasini ham (Islom diniga) da`vat qilishni hohladi va dedi:

“Otajon, nega e`shitmaydigan va ko`rmaydigan narsalarga ibodat qilasiz?!”.

Otajon, nega foyda va zarar bermaydigan narsalarga ibodat qilasiz?!

“Otajon, Shaytonga ibodat qilmang!”.

Otajon, Rahmonga ibodat qiling!”.

Ibrohimning otasi achchiqlandi va Ibrohimga: “Meni o`z holimga qo`y. Menga hech narsa dema, bo`lmasa seni uraman”- dedi.

Ibrohim halim e`di. Shuning uchun ham otasiga: “Salamun alayk (Sizga tinchlik bo`lsin). Men bu yerlardan ke tib, Robbim yo`liga da`vat e`taman”- dedi.

Ibrohim otasiga juda ham achindi.

Ibrohim boshqa yurtlarga ketib robbisiga ibodat qilish va odamlarni robbisining yo`liga da`vat e`tishni hohladi.

12 – Makka sari

yuqoriga »

Ibrohimdan qavmi ham, otasi ham, podshoh ham g`azablandi.

Ibrohim boshqa yurtlarga ketib, u yerlarda Allohga ibodat qilish va odamlarni Alloh yo`liga da`vat e`tishni maqsad qildi.

Ibrohim otasi bilan xayrlashib, o`z yurtidan ayrildi.

Ibrohim rafiqasi Hojar bilan Makka tomon yo`l oldi.

Makkada o`tloq va daraxtlar yo`q e`di.

Makkada quduq va daryolar yo`q e`di.

Makkada hayvonlar ham, odamlar ham yo`q e`di.

Ibrohim Makkaga yetib kelgach, u yerga yerlashdi.

Ibrohim rafiqasi va o`g`li Ismoilni tashlab ketdi.

Tashlab ketar e`kan rafiqasi Hojar dedi:

“Begim, qayoqqa ketayapsiz?

Bizni shu suv va oziq-ovqat bo`lmagan yerda qoldirasizmi?

Yoki Alloh shunga buyurdimi?”

Ibrohim: “Ha”- dedi.

Hojar: “Unday bo`lsa, Alloh bizni tashlab qo`ymaydi!”- dedi.

13 – Zamzam qudug`i

yuqoriga »

Ismoil chanqab ketdi. Onasi unga suv bermoqchi bo`ldi.

Biroq, suv qayerda?

Axir Makkada quduq va daryo yo`q-ku!

Hojar suv izlab, Safo tog`idan Marva tog`iga, Marva tog`idan Safo tog`iga yugura boshladi..

Alloh ta`olo Hojar va Ismoilga yordam berdi. Yerdan suv otilib chiqdi.

Ismoil ham, Hojar ham bu suvdan qonib ichdilar.

Bu suv to`xtamay chiqa boshladi. Bu Zamzam qudug`i e`di.

Alloh ta`olo Zamzamga barakotlar berdi. U suv bugungi kunda hojilar ichib, o`z yurtlariga olib ketishayotgan Zamzam suvidir.

Siz Zamzam suvidan ichganmisiz?!

14 – Ibrohimning tushi

yuqoriga »

Bir qancha vaqt o`tganidan so`ng, Ibrohim Makkaga qaytib keldi.

Ibrohim o`gli Ismoilni ko`rib juda ham xursand bo`ldi.

Ismoil kichkina bola e`di. U chopib o`ynar va otasi bilan sayr qilar e`di.

Ibrohim Ismoilni juda ham sevar e`di.

Ibrohim kechalarning birida tushida o`g`li Ismoilni bo`g`izlayotganini ko`r di.

Ibrohim rost pay`g`ambar e`di.

Uning tuchi ham rost tush e`di.

Ibrohim Allohning yaqin do`sti-xalili e`di. Shuning uchun ham u tushida Alloh buyurgan ishni qilmoqchi bo`ldi.

Ibrohim o`g`liga:

“(Og`lim), tushimda men seni bo`g`izlayotgan holimda ko`rdim. Sen nima deysan?”- dedi.

Ismoil: “Otajon, sizga qanday amr qilingan bo`lsa, shunday qiling! In- shaalloh, meni sabrlilardan biri e`ka nimni ko`rasiz”- dedi.

Ibrohim Ismoilni va pichoqni olib Mino tarafiga ketdi. Minoga yetib, Ismoilni bo`g`izlamoqchi bo`ldi.

Ismoil yerga chalqancha yotdi. Ibrohim bo`g`izlash uchun pichoqni Ismoilning bo`g`ziga qo`ydi.

Lekin Alloh amr e`tgan paytida xalilining nima qilishini sinamoqchi e`di: Ibrohim Allohni ko`proq sevadimi yoki o`g`li Ismoilnimi?

Ibrohim imtihondan o`tdi.

Alloh ta`olo Jibriilni jannatdagi qo`chqorlardan biri bilan jo`natdi va:

“Ismoilning o`rniga buni so`y!”- dedi.

Alloh ta`olo Ibrohimning bu ishini yaxshi ko`rdi va musulmonlarni Qurbon hayitida hayvon so`yishlariga amr e`t di.

Alloh o`zining xalili bo`lgan Ibrohimga salavot va salomlar yo`llasin!

Alloh uning o`gli Ismoilga ham salavot va salomlar yo`llasin!

15 – Ka`ba

yuqoriga »

Ibrohim yana safarga chiqdi va bir oz muddat o`tganidan so`ng qaytib keldi.

Ibrohim Alloh uchun uy qurmoqchi bo`ldi.

Uylar ko`p e`di. Biroq, Allohga ibodat qilinadigan bironta ham uy yo`q e`di.

Ismoil ham otasi bilan Alloh uchun uy qurmoqchi bo`ldi.

Ibrohim va Ismoil tog`lardan toshlarni tashidilar.

Ibrohim va Ismoil o`z qo`llari bilan Ka`bani tikladilar.

Ibrohim Allohni yod qilib, Unga duo qilar e`di.

Ismoil ham Allohni yod qilib, Unga duo qilar e`di:

“Robbimaz, bizdan buni qabul e`t! Darhaqiqat, Sen e`shituvchi va biluvchi zotsan”.

Alloh ta`olo Ibrohim va Ismoildan qilgan ishlarini qabul qildi.

Alloh ta`olo Ka`baga barakotlar yog`dirdi. Biz har bir namozimizda Ka`baga yuzlanamiz.

Musulmonlar haj kunlari Ka`ba tomon safar qilib, uni tavof qiladilar va uning oldida namoz o`qiydilar.

Alloh ta`olo Ka`baga barakotlar yog`dirdi. Alloh ta`olo Ibrohim va Ismoildan qilgan ishlarini qabul qildi.

Alloh Ibrohimga salavot va salomlar yo`llasin!

Alloh Ismoilga salavot va salomlar yo`llasin!

Alloh payg`ambarimizga salavot va salomlar yo`llasin!

16 – Baytul-Maqdis

yuqoriga »

Ibrohimning Sora ismli boshqa xotini ham bor e`di.

Ibrohimning bu xotinidan tug`ilgan Ishoq ismli o`gli ham bor e`di.

Ibrohim va Ishoq Shomga yerlashdilar.

Ishoq otasi va akasi Makkada Alloh uchun uy qurganlaridek, Shomda ham bir uy qurmoqchi bo`ldi.

Ishoq alayhissalom Shomda qurgan bu masjid – “Baytul-Maqdis” dir.

Bu masjid Alloh atroflariga barakotlar yog`dirgan “Aqso” masjididir.

Alloh ta`olo Ismoilga ko`p farzandlar berganidek, Ishoqqa ham ko`p farzandlar berdi. Ularning ichida ko`plab pay g`ambarlar va podshohlar bor e`di.

Ishoqning Ya`qub ismli bir o`g`li bor e`di. U payg`ambar e`di.

Ya`qubning o`n ikkita o`g`li bor e`di. Yusuf ulardan birisi e`di.

Qur`on Karimda Yusufning ajoyib qissasi bor.

Kel, men senga bu qissani aytib beray!

* * *