1-
Ajoyib tush
Yusuf kichkina bola e`di. Uning o`n bitta akasi bor e`di.
Yusuf chiroyli va ziyrak bola e`di. Otasi Ya`qub uni boshqa
o`g`illaridan ko`ra ko`proq se- var e`di.
Yusuf kechalarning birida ajoyib tush ko`rdi.
U tushida o`n bitta yulduz, Quyosh va Oyning o`ziga sajda
qilayotganlarini ko`rdi.
Kichik Yusuf bu tushidan hayratga tushdi! Chunki u tushni tushunmagan
e`di. Axir yulduzlar, Quyosh va Oy qanday qilib odamga sajda qilishi
mumkin?!
Kichik Yusuf Otasi Ya`qubning oldiga bordi va unga tushini aytib berdi:
“Otajon, men o`n bitta yulduz, Quyosh va Oyning menga sajda
qilganlarini (tushimda) ko`rdim”.
Yusufning otasi Ya`qub payg`ambar e`di.
Ya`qub bu tushdan xursand bo`ldi va dedi:
“Hoy Yusuf, Alloh senga ne`matlarini serob qilsin, tez kunda sening
boshingga ajoyib ishlar keladi.
Bu tush ilm va payg`ambarlikdan xushxabardir.
Alloh ta`olo bobolaring Ishoq va Ibrohimlarga ham ko`p ne`matlar ato
e`tgan e`di.
Alloh senga ham, Ya`qub xonadoniga ham ne`matlar ato e`tadi”.
Ya`qub yoshi ulg`aygan va narsalarning
tabiatlarini yaxshi bilgan odam e`di.
Ya`qub Shayton odamlarga qanday g`olib bo`lishi va odamlarni qanday
o`yinchoq qilib olishini yaxshi bilar e`di. Shuning uchun ham o`g`li
Yusufga: “O`glim, bu tushingni akalaringning birortasiga aytib berma.
Aytib bersang ular senga hasad qilishib, dushman bo`lib qoladilar”- dedi.
◄◄◄Ortga
qaytish
2 – Akalarning hasadi
Yusufning bir onadan tug`ilgan ukasi bor e`di. Uning ismi Binyamin e`di.
Ya`qub bu ikki o`g`lini juda ham yaxshi ko`rar, boshqa farzandlarini ular
kabi suymas e`di.
Akalar Yusuf va Binyaminga hasad va g`azab qilishar hamda: “Nega
otamiz Yusuf va Binyaminni bizdan ko`ra ko`proq yaxshi koradi? Nega otamiz
bizlarni Yusuf va Binyamin kabi yaxshi kormaydi? Axir bizlar kuchga
to`lgan yigitlar bo`lsak? Bu ajoyib ishku!”- der e`dilar.
Yusuf kichkina bola e`di. U Ko`rgan tushini akalariga aytib berdi.
Tushni e`shitgan akalarning g`zabiga g`azab, hasadiga hasad qo`shildi.
Kunlarning birida akalar to`plandilar va ba`zilari: “Yusufni
o`ldiringlar yoki bu yerdan uzoqroq bo`lgan yerlarga tashlab kelinglar.
Shundagina otangiz o`zingizga qoladi va sizlarnigina yaxshi koradi”-
dedilar.
Ulardan biri e`sa: “Yo`q, uni yo`l bo`yidagi quduqqa tashlanglar. Uni
safarga chiqqanlar olib ketishsin!”- dedi.
Akalar bu maslahatni ma`qulladilar.
◄◄◄Ortga
qaytish
3 – Ya`qub huzurida
Bu maslahatdan so`ng akalar Ya`qub huzuriga keldilar.
Ya`qub Yusufning boshiga biron narsa kelishidan qo`rqar va akalarining
uni yoqtirmasliklari, unga hasad qilishlarini juda yaxshi bilar e`di.
Ya`qub Yusufni akalari bilan yubormas e`di. Yusuf akalari bilan
o`ynasa-da, uzoqlarga ketmas e`di. Akalar buni bilsalar-da, yomon
niyyatlarini amalga oshirish uchun azm qildilar.
Akalar otalariga dedilar:
“Otajon, nega Yusufni biz bilan birga yubormaysiz? Nimadan qo`rqasiz?
U bizning aziz va kichik ukamizdir. Hammamiz bir otaning farzandlarimiz.
Aka-ukalar doimo birga o`ynaydilar. Nega biz birga ketib, birga
o`ynamaymiz?
“Uni biz bilan yuboring, maza qilib o`ynab kelsin. Bizlar uni himoya
qilamiz”.
Ya`qub yoshi ulg`aygan qariya e`di.
Ya`qub aqlli va halim-yumshoq e`di. Ya`qub Yusufning uzoqlashishini
hohlamas va uning boshiga falokat kelishidan qo`rqar e`di.
Shuning uchun ham u o`g`illariga: “Sizlar g`aflatda qolib, Yusufni
bo`ri yeb qo`yishidan qo`rqaman”- dedi.
O`g`illar: “Biz kuchga to`lgan yigitlar turganimizda bo`ri uni qanday
qilib yesin?!”- dedilar.
Ya`qub Yusufning akalari bilan birga ketishiga izn berdi.
◄◄◄Ortga
qaytish
4 – O`rmonda
Akalar Ya`qubning Yusufga izn berishidan sevindilar va o`rmonga ketdilar.
Yusufni o`rmondagi quduqqa tashladilar. Ular kichik Yusufga va yoshi
ulg`aygan Ya`qubga rahm qilmadilar.
Yusuf kichik bola e`di. Uning qalbi ham kichik e`di. Quduq e`sa chuqur
va qorong`u, Yusuf e`sa quduqda yolg`iz e`di.
Biroq, Alloh unga xushxabarlar berib dedi:
“Sen qo`rqma, qayg`urma! Alloh sen bilan! Kelajakda sening boshingga
ajoyib kunlar keladi. Sening huzuringga akalaring keladilar va sen ularga
bu qilmishlarini so`zlab berasan”.
Akalar Yusufni quduqqa tashlaganlaridan so`ng to`planishib: “E`ndi
otamizga nima deymiz?”- dedilar.
Ulardan biri dedi:
“Otamiz Yusufni bo`ri yeb qo`yishidan qo`rqishini aytgan e`di. Biz
unga: “Otajon, siz to`gri aytgan e`kansiz. Yusufni bo`ri yeb qo`ydi”
deymiz”.
Hamma bu maslahatni ma`qulladi va: “Juda to’g’ri, otamizga:
“Otajon, uni bo`ri yeb qo`ydi”- deb aytamiz”- dedilar.
Ularning ayrimlari: “Buning bir dalili bo`lishi kerak”- dedi.
Boshqalari: “Uning dalili qondir”- dedilar.
Akalar bir qo`chqorni keltirib so`ydilar va Yusufning ko`ylagini uning qoniga bo`yadilar.
Akalar juda xursand bo`ldilar va: “Mana e`ndi otamiz bizlarga ishonadi”-
dedilar.
◄◄◄Ortga
qaytish
5 – Ota huzurida
“Akalar Ya`qubning oldiga kechqurun yig`lab keldilar”. Va:
“Otajon, biz Yusufni narsalarimiz oldiga qo`yib, quvlashmachoq o`ynab
ketgan e`dik, uni bo`ri yeb ketdi”- dedilar va “Yusufning soxta qonga
belangan ko`ylagini” berdilar-da: “Bu Yusufning qoni”- dedilar.
Otalari Ya`qub payg`ambar, yoshi ulug` va farzandlaridan ko`ra aqlli
e`di.
Ya`qub bo`ri odamni esa uni parchalab va kiyimlarini yirtib tashlashini
juda yaxshi bilar e`di.
Yusufning kiyimlari yirtilmagan va soxta qonga belangan e`di. Shuning
uchun ham Ya`qub qonning soxtaligi, bo`ri haqida o’g’illari aytgan
so`z yolg’on e`kanligini tushundi-da, o`g`illariga:
“Siz aytgan so`zlar yolg’on. “Shunday bo`lsada, chiroyli cabr
qilishim kerak”- dedi.
Ya`qub Yusuf uchun ko`p qayg`urdi. Lekin chiroyli sabr qildi.
◄◄◄Ortga
qaytish
6 – Yusuf quduqda
Akalar Yusufni quduqqa tashlab uyga qaytdilar va ovqatlarini eb,
ko`rpalariga o’ranib uxladilar.
Yusuf quduqda e`kan na eyish uchun ovqati va na yotish uchun ko`rpasi
bor e`di.
Akalar Yusufni unutdilar va miriqib uxladilar.
Yusuf e`sa hech kimni unutmadi va uxlamadi.
Ya`qub Yusufni, Yusuf e`sa Ya`qubni e`slar e`di.
Yusuf quduqda, quduq e`sa chuqur e`di.
Quduq o`rmonda, o`rmon e`sa qor`inchli e`di.
U payt kecha, kecha e`sa zulmatli e`di.
◄◄◄Ortga
qaytish
7 – Quduqdan saroyga
Bir karvon shu o`rmondan o`tib borar e`di.
Ular chanqagan va quduq qidirishar e`di.
Ular quduqni ko`rdilar va suv olib kelishi uchun ichlaridan birini
jo`natdilar.
U odam quduqqa etib kelgach, chelakni tushirib, suv olish uchun torta
boshladi.
Chelak juda ham og`ir e`di.
Tortib chiqarganida chelakda bir bola bor e`di!
U odam hayratga tushib: “Suyunchi beringlar, bir bola chiqdi”- dedi.
Karvondagilar bundan xursand bo`ldilar, biroq, buni sir tutishga qaror
qildilar.
Karvon Misrga etib keldi. Karvondagilar Yusufni bozorga olib borib:
“Bu bolani kim sotib oladi? Bu bolani kim sotib oladi?”- deb ovoza
qildilar.
Aziz Yusufni bir necha kumush tangaga sotib oldi.
Karvondagilar Yusufni sotdilar, biroq, uning kim e`kanini bilmagan
e`dilar.
Aziz Yusufni saroyiga olib bordi va xotiniga: “Yusufni
yuvib, tarab qo’ying, u aqlli bola”- dedi.
◄◄◄Ortga
qaytish
8 - Vafodorlik
Azizning xotini Yusufni Azizga xiyonat qilishga chaqirdi. Lekin, Yusuf
bu ishdan bosh tortib: “Yo`q! Men hojamga xiyonat qilmayman. U menga
yaxshiliklar qildi. Men Allohdan qo`rqaman”- dedi.
Azizning xotini g`azablandi va e`riga Yusuf ustidan shikoyat qildi.
Aziz xotinining yolg`on so`zlayotgani va Yusuf vafodor e`kanini bildi va
xotiniga: “Sen xato qilganlardan birisan”- dedi.
Yusufda Misrda o`z chiroyi bilan tanilagan va uni kim ko`rsa: “Bu
inson e`mas. U go`zal farishtadir!”- der e`di.
Azizning xotini Yusufdan g`azablandi va: “Unday bo`lsa qamoqqa ketasan!”-
dedi.
Yusuf: “(Bu gunohni qilgandan ko`ra), qamoqqa kirishim men uchun
yaxshiroqdir”- dedi.
Aziz bir necha kun o`tganidan so`ng Yusufni qamoqqa jo`natmoqchi bo`ldi.
Aziz
Yusufning ayb ish qilmaganini yaxshi bilar e`di.
Yusif qamoqqa tushdi.
◄◄◄Ortga
qaytish
9
- Zindondagi nasihat
Yusuf
zindonga tushdi.
Zindondagi
bandilar Yusufning oliyjanob, rahmdil va ilmli yigit e`kanini bildilar.
Bandilar
Yusufni yaxshi ko`rib, humat qildilar.
Bandilar
Yusuf birga e`kanidan quvondilar va Yusufni ulug`ladilar.
Zindonga
Yusuf bilan birga ikki bandi ham kir gan e`dilar. Ular Yusufga ko`rgan
tushlarini aytib berdilar.
Ulardan
biri: “Men (mast qiluvchi) sharob tay yorlayotgan e`dim”- dedi.
Ikkinchisi
e`sa: “Mening boshim ustida non va u nonni qushlar eyapti”- dedi.
Ular
tushlarining ta`birini so`radilar.
Yusuf
tush ta`birlarini yaxshi bilar e`di.
Yusuf
payg`ambarlardan e`di.
Yusuf
yashagan zamondagi odamlar Allohdan boshqa narsalarga sig`inar e`dilar. Ular
o`zlari turli xudolarni qilib olgan e`dilar.
Ular:
“Bu - quruqlik xudosi. Bu - dengiz xudosi. Bu – rizq xudosi. Bu –
yomg`ir xudosi”- der e`dilar.
Yusuf
bularning barchasini ko`rar va kular e`di.
Yusuf
bularning barchasini bilar va yig`lar e`di.
Yusuf
odamlarni Alloh yo`liga da`vat e`tishni hohlar e`di.
Alloh
ta`olo bu da`vatning zindonda bo`lishini hohlagan e`di.
Zindondagi
bandilar nasihatga loyiq e`masmi?
Zindondagi
bandilar shafqatga loyik e`masmi?
Zindondagi
bandilar Allohning bandasi e`masmi?
Zindondagi
bandilar Odamning zurriyoti e`masmi?
Yusuf
zindonda bo`lsada, hur va jur`atli e`di/
Yusuf
faqir bo`lsada, o`ta saxovatli e`di.
Payg`ambarlar
har zamon haqiqatni baralla aytadilar.
Payg`ambarlar
har zamon e`zgulikni hadya e`tadilar.
◄◄◄Ortga
qaytish
10
– Yusufning hikmati
Yusuf
ichida o`ziga:
Menga
bu ikki odamni e`htiyoj olib keldi.
Muhtoj
odam muloyim va itoatli bo`lib, so`zla rimga quloq soladi.
Agar
ikkovlariga biron narsani aytsam, boshqa bandilar ham tinglaydilar”- dedi.
Biroq,
Yusuf shoshilmadi. Balki, ularga:
“Taomingiz
kelguniga qadar tushlaringizning ta`birini aytib beraman”- dedi.
U
ikkisi o`tirdilar va xotirjam bo`ldilar. So`ngra, Yusuf ularga:
“Men
tush ta`birlarini bilgan odamman. (Buni menga Robbim bildirdi)- dedi.
U
ikkisi bu so`zlardan xursand bo`ldilar va tinchlandilar.
Yusuf
bu fursatni g`animat bildi va nasihatini boshladi.
◄◄◄Ortga
qaytish
11
– Tavhid haqidagi nasihat
Yusuf
dedi:
“(Menga
buni Robbim bildirdi).
Lekin
Alloh ilmini har kimga ham beravermaydi.
Alloh
ilmini mushrikka bermaydi.
Siz
ikkingiz robbim menga nega bildirganini bilasizlarmi?!
Chunki
men shirk ahlining yo`lini tark e`tdim.
(Va
otalarim Ibrohim, Ishoq va ya`qubning yo liga e`rgashdim).
(Bizning
Allohga biron narsani sherik qilishi miz mumkin e`mas).
Tavhid
faqat biz uchungina e`mas. Balki, u bar cha insoniyat uchundir.
(Bu
Allohning bizga va odamlarga bergan fazlidandir. Biroq, ko`p odamlar shukr
qilmaydilar)”.
Yusuf
so`zini to`xtatib, so`radi:
“Sizlar:
“Quruqlik xudosi, dengiz xudosi, rizq xudosi va yomg`ir xudosi”- deysizlar.
Biz
e`sa: “Alloh barcha narsalarning robbisidir”, deymiz.
(Xilma-xil
xudolar yaxshimi yoki Yagona, G`o lib Allohmi?).
Quruqlik
xudosi, dengiz xudosi, rizq xudosi va yomg`ir xudosi qayerda?
(Ularning
yaratgan narsalarini menga ko`rsatinglar-chi! Yoki ularning osmonlar (ni
yaratishda) she rikliklari bormi?).
Yerga,
osmonga va insonga qaranglar!
(Bu
Allohning yaratgan maxluqidir. Sizlar Al lohdan boshqalari yaratgan narsalarni
menga ko`rsatinglar!).
Nega:
“Quruqlik xudosi, dengiz xudosi, rizq xu dosi va yomg`ir xudosi”, deysizlar.
[(Bular)
siz va otalaringiz qo`ygan ismlar, xolos].
Hukm
qilish, e`gadorlik va buyurish Al lohga xosdir.
(Allohgagina
ibodat qilinglar!).
(Shugina
to`g`ri yo`ldir).
[Lekin
odamlarning ko`plari (buni) bilmaydilar].
◄◄◄Ortga
qaytish
12
– Tushning ta`biri
Yusuf
nasihatini tugatgach, ularga tush ta`birini aytib berdi:
[“Sizlardan
biringiz hojasiga soqiy (kosagul) lik qiladi].
(Ikkinchingiz
e`sa dorga osiladi va uning boshidan qushlar eydi).
Yusuf
birinchi bandiga: “(Meni hojang oldida tilga ol!)- dedi.
U
ikki bandi zindondan chiqdilar: birinchisi podshohga soqiy bo`ldi, ikkinchisi
e`sa osildi.
Soqiy
podshoh huzurida Yusufni tilga olishni unutdi va Yusuf zindonda bir necha yil
qolib ketdi.
|